14:23 / 23.09.2019
4 727

Zulfiqor Musoqov «Berlin—Oqqo‘rg‘on» filmi haqida: «Qaysi bir palid, ablah odam filmni efirda o‘zicha kesdi?»

Zulfiqor Musoqov «Berlin—Oqqo‘rg‘on» filmi haqida: «Qaysi bir palid, ablah odam filmni efirda o‘zicha kesdi?»
O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissyor Zulfiqor Musoqov «Berlin—Oqqo‘rg‘on» nomli to‘liq metrajli badiiy filmining «O‘zbekiston tarixi» telekanalida namoyish etilishiga e’tiroz bildirdi. Bu haqda Facebook’dagi «Kino san’ati» sahifasiga ma’lum qilindi.
Bizni, «Berlin—Oqqo‘rg‘on» filmi ijodkorlarini yangi ochilgan «O‘zbekiston tarixi» kanaliga taklif qilishib, filmimizni tomoshabinlarga ko‘rsatishidan xursand bo‘lgan edik. Lekin qaysi bir palid, ablah odam qonunni buzib, davlat mulki bo‘lgan filmni efirda o‘zicha kesganidan juda ranjidik. Afsus, endigina vujudga kelgan yangi telekanal faoliyatini bunaqa qing‘ir ishlar bilan boshlashi juda jirkanch hol... Kesilgan epizodlarni badiiy ma’nosi yo‘q qilindi.

- Kichkina Klaus fashist bayrog‘i taqilgan tortni Deborani uyiga olib kelishi;
- Qo‘ziboy tog‘asining burdalanganini ko‘rish kadrlari;
- Fashist bayrog‘i ostida birinchi bo‘sa. Axir o‘sha bayroqni tayyorlashda qancha mehnatimiz ketgan edi.
- Klaus va Debora kattaligida uxlashi.

Fashistlarni odamlarni o‘ldirish kadrlari va aynan barcha millatlarni, shu hisobda o‘zbeklarni ham, qirish haqidagi hujjatli kadrlar yo‘q
Bu atayin qilingan juda jiddiy qo‘poruvchilik xatti-harakati deb tushundim va ertagayoq bu haqda xohlagan joyda bu ishni kim qilganini talab qilaman va bizning huquqimiz buzilgani haqida bildiraman. Juda xafa bo‘ldik...

Zulfiqor Musoqov, O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissyor

2018 yilning dekabrida premerasi bo‘lib o‘tgan «Berlin—Oqqo‘rg‘on» filmida 1941—1945 yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushida o‘zbek millatining jasur va mard o‘g‘lonlari, shuningdek, front ortidagi O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan beminnat mehnatlari hamda insoniylik munosabatlari aks ettirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Zulfiqor Musoqov filmlari telekanallarda namoyish qilinishidan oldin kesilishi borasida MTRK raisiga murojaat qilgani, murojaatiga Alisher Xadjayev tomonidan «Bizda ahmoqlar juda ko‘p, aybdor topilib jazolanadi» degan javobni olgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Zulfiqor Musoqov «Berlin—Oqqo‘rg‘on» filmi haqida: «Qaysi bir palid, ablah odam filmni efirda o‘zicha kesdi?»