10:30 / 25.09.2019
4 615

Amir Temur uzugi nusxasini yaratgan yosh zargar Xalqaro hunarmandchilik festivali g‘olibiga aylandi

Amir Temur uzugi nusxasini yaratgan yosh zargar Xalqaro hunarmandchilik festivali g‘olibiga aylandi
Foto: Qarshi davlat universiteti axborot xizmati
Sohibqiron Amir Temur muhr-uzugi nusxasini yaratgan qashqadaryolik hunarmand Sharifjon Raupov Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan I Xalqaro hunarmandchilik festivalida 78 ta mamlakatdan ishtirok etgan yosh hunarmandlarning eng kuchlisi deb topildi. Bu haqda Qarshi davlat universiteti axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yosh hunarmand Qarshi davlat universitetining «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» yo‘nalishida tahsil oladi.
Joriy yil 10—15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan I Xalqaro hunarmandchilik festivalida Qashqadaryo viloyatidan 60 nafar hunarmand 23 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etgan.

— Hunarmandlar orasida yaqinda «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlangan Qarshi davlat universitetining 1-bosqich talabasi, zargar Sharifjon Raupovning ham borligi va g‘oliblikni qo‘lga kiritgani universitetimiz yutug‘i bo‘ldi, — deydi universitet axborot xizmati rahbari Oybek Yusupov.

— Hunarmand talabamiz shu kunga qadar dunyoning eng nufuzli muzeylarida saqlanayotgan qadimiy milliy zargarlik buyumlarining 400 dan ortiq turini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Qarshi davlat universiteti axborot xizmati
Xalqaro hunarmandchilik festivalida 78 ta mamlakat vakillari orasida birinchilikni qo‘lga kiritgan Sharifjon Raupov sohibqiron Amir Temur muhr-uzugi nusxasini ham yaratgan. Uning bu zargarlik ishi barcha festival qatnashchilari e’tiboriga tushib, xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak baholangan.
«Eng yosh hunarmand» nominatsiyasi g‘olibiga 2000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amir Temur uzugi nusxasini yaratgan yosh zargar Xalqaro hunarmandchilik festivali g‘olibiga aylandi