Foto: O‘zA
2019 yilning 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining koordinatsion markazi hisoblangan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasida Oskar mukofotining «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga O‘zbekistonning bir qator kinoijodkorlaridan taqdim qilingan filmlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokama natijasiga ko‘ra, Umid Hamdamovning «Issiq non» to‘liq metrajli badiiy filmi Oskar mukofotiga O‘zbekiston nomidan ilgari surilishi to‘g‘risida 23 sentyabr kuni o‘zbek kinosiga bag‘ishlangan forumda tantanali ravishda e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Abduhalil Mingnorovning «Imom Termiziy», Rihsiboy Muhammadjonovning «Qor yog‘moqda, oppoq qor», Abduvohid G‘aniyevning «Elparvar», Umid Hamdamovning «Issiq non», Zulfiqor Musoqovning «Berlin-Oqqo‘rg‘on» hamda Ilhom Muhammadibrohimovning «Parvoz» deb nomlangan filmlari tanlov uchun taqdim qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!