07:45 / 29.09.2019
5 702

O‘zbekistonlik qiz xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik qiz xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi
“Tatar qizi – 2019” xalqaro go‘zallik tanlovida o‘zbekistonlik qiz, Liliya Kamilova g‘olib bo‘ldi. Tanlov g‘olibini Tatariston Bosh vazir o‘rinbosari Vasil Shayxraziyev e’lon qildi. Tanlovning final bosqichi Ijevskda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov kelasi yil O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bu yilgi tanlovning final bosqichida 15 qiz ishtirok etdi. Hay’at a’zolari tatar qizlarining go‘zalligi, donoligi va iqtidoridan hayratga tushdi. Shu sabab tanlov g‘olibini aniqlash qiyinchilik tug‘dirdi.

“Tatar qizi” mamlakatda tatar madaniyatini targ‘ib qiluvchi tanlovlardan biridir. Tanlov tatar yoshlariga tatar tili va madaniyatini o‘rgatishga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik qiz xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi