07:40 / 04.10.2019
3 569

O‘mon Sultonligiga 5 kunlik sayohat yoxud 1000 AQSh dollari miqdoridagi yutuqqa ega bo‘ling!

O‘mon Sultonligiga 5 kunlik sayohat yoxud 1000 AQSh dollari miqdoridagi yutuqqa ega bo‘ling!
Foto: Akademiya matbuot xizmati
Bugun, 3 oktyabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘mon Sultonligining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulotda va muxtor elchisi Axmad Said Al-Katiri hamda uning o‘rinbosari Al-Balushi Abdul Raxim Issa bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Akademiya matbuot xizmati
Uchrashuv davomida joriy yilning 21—25 oktyabr kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida o‘tkaziladigan «Diniy bag‘rikenglik — o‘zaro tushunish, tinch-totuv yashash!» mavzusidagi ko‘rgazma doirasida tashkil etiladigan quyidagi tadbirlar rejasi kelishib olingan:

O‘mon Sultonligi haqidagi rasmlar ko‘rgazmasi;
Soya san’ati namoyishi;
Arab hattotlik san’ati ko‘rgazmasi;
O‘mon Sultonligi madaniyati kitoblar ko‘rgazmasi;
Amaliy san’at namoyishi;
«Bag‘rikenglik uchun men nima qildim?» mavzusida talabalar viktorinasi;
Diniy qo‘shiqlar ohangi;
Qum bilan rasm chizish san’ati namoyishi;
O‘mon Sultonligi madaniyati fotolar ko‘rgazmasi tadbirlari.

Tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z iqtidorini namoyish etgan qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi.

«O‘zingiz olgan surat yoki bir daqiqa videoklip yoki har qanday zamonaviy san’at asari orqali 1000 AQSh dollari miqdoridagi yutuqqa ega bo‘ling! Shuningdek, ishtirokchilarning 4 nafari 16 noyabr — «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» munosabati bilan O‘mon Sultonligiga 5 kunlik sayohatga borish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘mon Sultonligiga 5 kunlik sayohat yoxud 1000 AQSh dollari miqdoridagi yutuqqa ega bo‘ling!