"Yalla" ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi ochiladi

  • 14 oktyabr 2019, 22:33
  • 569
  • Madaniyat
  • "Yalla" ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi ochiladi
    O‘zbekiston madaniyat vazirligi “Yalla” estrada vokal – cholg‘u ansambli ijro uslubini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Unga ko‘ra, “Yalla” ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi va studiyasi tashkil etiladi.

    Musiqa maktabining vazifalari
    Qaror loyihaqida qayd etilishicha, ushbu maktabni tashkil etishdan maqsad “O‘zbekiston milliy madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan mumtoz va an’anaviy qo‘shiqchilik, shuningdek, milliy estrada ijrochilik san’atini yanada rivojlantirish, bu borada mavjud maktablar ijodiy faoliyatini kuchaytirish va mahoratli ijrochilarni tayyorlashdir”.

    Shuningdek,
    - iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning iste’dodini rivojlantirish, ularga milliy estrada san’ati bo‘yicha ta’lim berish hamda taalluqli o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish;
    - o‘quvchilarning tegishli sohada bilim olishlari va ijodiy salohiyatlarini oshirib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratish;
    - milliy estrada san’atini o‘zbek an’anaviy ijrochilik uslublari bilan hamohang tarzda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan holda rivojlantirish;
    - yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy an’analarga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy estrada ijrochiligi bo‘yicha iste’dodli yosh ijodkorlarning kasbiy va ma’naviy kamol topishi va o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratish;
    - zamonaviy o‘quv-pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda o‘quv-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda yangi o‘qitish uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.

    "Yalla” ansambli ijro uslubidagi ushbu musiqa maktabi va studiyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim muassasasi hisoblanishi belgilab qo‘yilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » "Yalla" ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi ochiladi