«O‘zbekkonsert»ning litsenziyasini olib qo‘yish payti kelgandir?»

  • 15 oktyabr 2019, 08:13
  • 2 279
  • Madaniyat
  • «O‘zbekkonsert»ning litsenziyasini olib qo‘yish payti kelgandir?»
    «Buyuk kelajak» ekspertlar kengashi eksperti Behzod Mamadiyev «O‘zbekkonsert» davlat muassasasining litsenziyasini olib qo‘yish payti kelganiga ishora qilgan.
    Ekspert «O‘zbekkonsert» san’atkor Jahongir Otajonovni «ma’naviyatsizligi» uchun litsenziyadan mahrum qilganiga o‘z munosabatini bildirgan.

    «Xullas, «milliy urf-odatlar»ni buzgani uchun, «ma’naviyatsizligi» uchun Jahongir Otajonovning litsenziyasini olib qo‘yishibdi. Afsuski, bu bayonot tashkilotning naqadar arxaik tuzilmaga aylanganini, ijtimoiy tarmoqlarda hammaning kulgisiga qolishdan boshqasiga yaramayotganini ko‘rsatadi, xolos», deb yozgan B.Mamadiyev.

    «Milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan nomunosib harakatlar» nima o‘zi? Bu terminlarga qonunda ta’rif berilganmi? Bu odatlarni buzganlar jazolanishi tartibi belgilanganmi? Ruslar, nasroniylar va boshqa ozchilik diniy-etnik guruhlarga mansub O‘zbekiston fuqarolari bu «milliy urf-odatlar»ga rioya qiladimi? Rioya qilmayotgan bo‘lsa, ularni ham jazolash kerakdir? Qachondan beri davlat idorasi «milliy urf-odatlar»ni ro‘kach qilib, konstitutsiyaga zid ravishda o‘z mafkurasini boshqalarga majburan o‘tkazishga harakat qiladi?

    San’at sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’ektlarini tartibga solish uchun balki litsenziya kerakdir. Lekin litsenziya faqat qonun buzilgan holatdagina tortib olinishi va qonun buzilishi holatlari bandma-band aniq-tiniq yozib qo‘yilishi kerak. «Milliy urf-odatlar», «ma’naviyat» degan mujmal so‘zlarga bu qonunda o‘rin yo‘q! «O‘zbekkonsert»ning litsenziyasini olib qo‘yish payti kelgandir balki?», deb fikrini yakunlagan ekspert.

    Eslatib o‘tamiz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov ham bu qo‘shiqchining litsenziyasi olinishi uni sevib eshitishga to‘sqinlik qilolmasligini [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly96YW1pbi51ei9tYWRhbml5YXQvNjA5ODUta29taWwtYWxsYW1qb25vdi1qYWhvbmdpci1vdGFqb25vdm5pLXlhaHNoaS1rdXJpYi10aW5nbGFzaC11Y2h1bi1zaGFoc2FuLWJpemdhLWxpY2Vueml5YS1rZXJhay1lbWFzLmh0bWw%3D]bildirgan edi[/leech].

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «O‘zbekkonsert»ning litsenziyasini olib qo‘yish payti kelgandir?»