Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov va yana ikki san’atkorning litsenziyasi qaytarib berildi

  • 16 oktyabr 2019, 17:13
  • 1 572
  • Madaniyat
  • Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov va yana ikki san’atkorning litsenziyasi qaytarib berildi
    Jamoatchilikning keskin noroziligi ortidan «O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonovning ikki kun oldin bekor qilingan litsenziyasini tiklashga majbur bo‘ldi.

    Ayrim sabablarga ko‘ra «O‘zbekkonsert» tomonidan litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilgan san’atkorlar Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova va Halima Ibragimovaga ijodiy faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berildi.
    Kun.uz nashrining xabar berishicha, bu haqda chorshanba kuni «O‘zbekkonsert»da bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda ma’lum qilingan.

    «Ular bundan buyon o‘z ijodlarini rivojlantirish va xalqimizga astoydil xizmat qilishlarini ma’lum qilganliklari sabab ularning vaqtincha olib qo‘yilgan va tugatilgan litsenziyalarini qaytarganligimizni ma’lum qilamiz», – dedi muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov.

    «O‘zbekiston Respublikasi prezidentining san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rliklari, kechirimliligi hamda e’tibori soha xodimlariga albatta bemisl kuch-g‘ayrat baxsh etadi. Bunday e’tiborni esa asl san’at namunalarini yaratish, xalqimizga astoydil xizmat qilish bilangina javob qaytarishimiz lozim», deb qo‘shimcha qildi u.

    Eslatib o‘tamiz, xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi ikki kun oldin, 14 oktyabrda tugatilgan edi. «O‘zbekkonsert»ning bu haqdagi bayonotida Otajonov «o‘zining ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlari orqali muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini muntazam ravishda buzib kelgani» aytilgandi. Davlat muassasasining bu qaror va bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi.

    Xonanda Abdulla Qurbonov esa shu yil may oyida, qiziqchi Halima Ibragimova fevralda litsenziyasidan mahrum bo‘lgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov va yana ikki san’atkorning litsenziyasi qaytarib berildi