Jahongir Otajonov videomurojaat qildi: «Bundan juda xursandman» (video)

  • 16 oktyabr 2019, 17:19
  • 2 607
  • Madaniyat
  • Jahongir Otajonov videomurojaat qildi: «Bundan juda xursandman» (video)
    Foto: Instagram / @jahongir_atajanovs
    Xonanda Jahongir Otajonov 2019 yilning 14 oktyabr kuni litsenziyasidan ayrildi. «O‘zbekkonsert» xonandaning so‘nggi vaqtlardagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har xil videolavhalari va undagi xatti-harakatlarini buning sababi qilib ko‘rsatdi.

    Jahongir Otajonov o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida ushbu holat yuzasidan ilk bora videomurojaat qoldirdi.

    Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. Mana ikki kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda meni gostrol konsert faoliyatini yuritishim uchun huquq beruvchi litsenziyamni to‘xtatilgani haqidagi gaplar juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.

    Men juda ham xursandman. Chunki bu sabab bilan menga nisbatan bo‘lgan qancha hurmat, e’tibor borligini, qolaversa, muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlash borligini ko‘rib, bekorga san’atkor bo‘lmaganligimni tushundim.

    Allohga behisob shukr, rozi bo‘linglar. Bir umr xizmatingizdamiz, ta’zimdamiz, hammangizdan Alloh rozi bo‘lsin. Uyingizda faqat to‘y bo‘lsin, yurtimiz tinch bo‘lsin.

    Litsenziyamiz masalasiga keladigan bo‘lsak, u ham hal bo‘lar, ‘O‘zbekkonsert’ bilan ishlaganmiz har doim, bundan keyin ham kelishib ishlaymiz, Xudo xohlasa.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jahongir Otajonov videomurojaat qildi: «Bundan juda xursandman» (video)