Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi

  • 17 oktyabr 2019, 22:30
  • 1 178
  • Madaniyat
  • Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi
    Film 1940 yillardagi Rossiya uyqu tajribasiga asoslangan. Ikkinchi Jahon urushidan keyin beshta siyosiy mahbus davlatning dushmani deb topildi va sinov xonasiga qamab qo‘yildi. Mahbuslar agar ushbu tajribada ishtirok etsa, ozodlikka chiqarib yuborilishi va’da qilingan. Chorasiz qolgan mahbuslar ushbu tajriba davomida 30 kun xonaga tarqatilgan insonga uyqu keltirmaydigan zaharli gazdan nafas oladilar.

    Ammo tez orada tajriba ob’ektlari hisoblangan siyosiy mahbuslar o‘z ongini yo‘qotishni boshlaydilar va bu ularni o‘z-o‘zini o‘ldirishiga olib keladi. O‘n beshinchi kuni sinov xonasi ochilgan va betartiblik boshlangan. Snopes sayti tomonidan yolg‘on deb topilgan ushbu shahar afsonasi yillar davomida internet jamoatchiligini o‘ziga jalb qilib kelgan. Ammo, Barri Andersson "Sovet uyqu lageri" nomi ostida ushbu voqeani filmda yoritib chiqdi.

    Film Krepypastaga asoslangan bo‘lib, press-relizda aytilishicha, "Andersson ushbu mash’um voqeaga ishtirok etgan mahbuslar va Qizil armiya nazorati ostida 30 kunlik ushbu tajribani o‘ylab topgan va boshqargan er-xotin tadqiqotchilarni obrazini ko‘rsatib berish uchun xalqaro aktyorlar ansamblini yig‘di.

    Film aktyorlari haqida gapiradigan bo‘lsak, doktor Anna Antonoffning rolini argentinalik aktrisa Eva De Dominici ijro etdi. Ajablanarlisi shundaki, Dominici bir paytlar "Siz uxlamaysiz" nomli filmda ham rol o‘ynagan. Filmda shuningdek, Rafal Zavierucha Antonoffning eri doktor Leo Antonoff rolini ijro etgan. Mashhur aktyor Yevgeniy Krutov esa SSSR kapitani Yegor Sokolov rolida o‘ynagan.

    To‘rtta sinov bemorlari rolini(Asl Krepypastada beshta maxbus bo‘lsada) aktyorlar Kris Kattan, Charlz Xubbel, Pol Kram va Maykl Villar o‘ynadi. Anderson filmning ijrochi prodyuseri sifatida Emmi va Peabodi mukofotiga sazovor bo‘lgan grimyor Krist Ballas bilan hamkorlik qildi. U 2009 yilda JJ Abramsning "Yulduzli trek" filmi uchun mukofotga sazovor bo‘lgan jamoasining eng faol a’zosi edi. Ballas, shuningdek, "Sovet uyqu lageri" uchun prodyuserlik vazifasini ham bajardi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi