18:07 / 19.10.2019
3 102

«Shahzodalar bog‘i» kartinasi rekord summaga sotildi

«Shahzodalar bog‘i» kartinasi rekord summaga sotildi
Foto: AFP
Rossiyalik rassom Nikola de Stal kartinasi 30,4 mln AQSh dollariga sotildi.
17 oktyabr kuni Christie's kimoshdi savdosida tashkil etilgan savdolarda 20 mln yevroga baholangan.

Asl kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan fransuz rassomi Nikola de Stal kartinasi eng yuqori qiymatga munosib ko‘rildi. Urushdan keyingi Yevropa tasviriy san’ati namoyandalaridan biri bo‘lgan rassomning 1952 yili chizilgan «Shahzodalar bog‘i» bo‘yoqli kartinasi 18-25 mln yevro atrofida baholanayotgan edi. Ta’kidlanishicha, kartina ilk bor kim oshdi savdosiga qo‘yilgan.

U rassom oila a’zolari tomonidan saqlanib, 1953-2003 yillar mobaynida Nyu York, Parij, London va Madriddagi galereyalarda sanoqli marotaba namoyish etilgan.

Kartina futbol bo‘yicha Shvetsiya va Fransiya terma jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvi haqida hikoya qiladi.
Shahzodalar bog‘i esa, hozirgi PSG futbol klubiga tegishli o‘yingohning o‘sha vaqtdagi nomi bo‘lgan.

Christie's kimoshdi savdo markaziga ko‘ra, kartina Nikola de Stal ijodiy cho‘qqisining namunasidir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Shahzodalar bog‘i» kartinasi rekord summaga sotildi