22:15 / 20.10.2019
4 148

"Oʻzbekkontsert" kechirilgan xonandalar haqida: ular xalqga astoydil xizmat qilishga soʻz berdi

"Oʻzbekkontsert" kechirilgan xonandalar haqida: ular xalqga astoydil xizmat qilishga soʻz berdi
Vaqtincha litsenziyadan mahrum boʻlgan xonandalar bundan buyon oʻz ijodlarini rivojlantirish va xalqga astoydil xizmat qilish vaʼdasini berganliklari tufayli, ularga yana ijodga qaytishga imkon berildi, deya bayonot eʼlon qilgan "Oʻzbekkontsert" davlat muassasasi.

Muassasa, shuningdek, ilgari ayrim sabablarga koʻra, taʼqiqqa uchragan xonandalarga ham davlat rahbarining gʻamxoʻrligi, bagʻrikengligi, kechirimliligi bois yana erkin ijodiy faoliyat yuritishga imkon berilganini eslatib oʻtgan. Litsenziyalar qaytarilishi munosabati bilan oʻtkazilgan brifingda mana shu ishlarning yana bir namunasi sifatida, ayrim sabablarga koʻra, litsenziyalari vaqtincha toʻxtatilgan qator xonandalarga ijodni davom ettirishlari uchun imkoniyat yaratilgani maʼlum qilingan.

Avval xabar berganimizdek, bular xonanda Abdulla Qurbonov, Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova hamda qiziqchi Halima Ibragimovalardir.

"Oʻzbekiston prezidentining sanʼat ahliga boʻlgan gʻamxoʻrligi va mehribonligi, kechirimliligi hamda eʼtibori soha xodimlariga albatta bemisl kuch-gʻayrat va shijoat baxsh etadi. Bunday eʼtiborga esa asl sanʼat namunalarini yaratish, xalqimizga astoydil xizmat qilish bilangina javob qaytarish lozim", - deya tushuntirish bergan sanʼatkorlarga "Oʻzbekkontsert".

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Oʻzbekkontsert" kechirilgan xonandalar haqida: ular xalqga astoydil xizmat qilishga soʻz berdi