10:12 / 24.10.2019
9 229

Bollivud go‘zali Priti Zinta haqida

Bollivud go‘zali Priti Zinta haqida
Ko‘pchilikka ma’lumki, bollivud olamida Priti Zintaday aktrisalar juda kam uchraydi. Uni Karina Kapur, Rani Mukerji kabi aktrisalar qatorida super yulduz deb tan olishadi. Hayratlanarlisi shundaki, Priti har qanday kinopartnyor bilan, agar u Shohruh yoki Amir Xon yoki aka-uka Deollar bo‘lsa ham qoyilmaqom juftlikni yuzaga keltira oladi.

Priti Zinta 1974 yil 31 yanvarda tavallud topgan. Uning haqiqiy ismi Priti Jinta. Aktrisa Andxar - Pradesh shtatining Syo qishlog‘ida tug‘ilgan. Agar kinolentalar jozibasi uni o‘ziga rom etmaganida Pritidan yaxshigina psixolog chiqqan bo‘lardi. Priti jinoyat psixologiyasiga qiziqar edi. U hozir ham jinoyatchilik olami bilan qiziqadi va ko‘proq detektiv asarlarni o‘qiydi.

Shou-biznesdagi faoliyatini Priti Yangi Dehlida boshladi. U model bo‘lib ishlash bilan birga shokolad kompaniyasining reklamalarida suratga tushdi. Ana shu reklama orqali unga nisbatan qiziqish ortdi. Kino karerasi esa Shekhar Kapurning ekranga chiqmagan "Ta Ra Rum Pum Pum Pum" filmi orqali boshlandi.

Uning ilk roli "Kya Kehna" filmida yolg‘iz ona bo‘lishni istaydigan yengiltak qiz roli hisoblanadi. Ushbu filmni suratga olish ishlari juda uzoq cho‘zildi va 2000 yildagina katta ekranlarga chiqdi. Bu vaqtda Priti allaqachon mashhur aktrisaga aylanib ulgurgan edi. Hozirda esa o‘zining ko‘p sonli muxlislariga ega deb qo‘rqmasdan ayta olamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivud go‘zali Priti Zinta haqida