17:05 / 28.10.2019
6 489

Dunyoga mashhur Garri Potter qancha boylik to‘plashga erishgan?

Dunyoga mashhur Garri Potter qancha boylik to‘plashga erishgan?
Radkliff Angliyaning London shahridagi Qirolicha Charlotta tug‘ruqxonasida dunyoga kelgan. U Alan Jorj Radklif va Marcia Jeannine Greshamning (yagona Jakobson) yagona farzandi hisoblanadi. Uning onasi yahudiy bo‘lib, u Janubiy Afrikada tug‘ilgan.

2008 yilda Radkliff nevrologik kasalliklar sirasiga kiruvchi aqliy rivojlanish bo‘yicha ortda qolishning yengil bosqichi (dispraksiya)ni boshidan kechirayotganligini bilib qoldi. O‘z harakatlarini nazorat qilish qobiliyatining buzilishi, ba’zan unga oddiy ishlarni bajarishiga to‘sqinlik qilardi. Masalan, o‘z poyabzalini yechish yoki bog‘lash kabilar. "Men maktabda barcha ishlarga yaroqsizligim, hech qanday iste’dodga ega emasligim sababli qiyinchiliklarga duch kelardim", - deb ta’kidlaydi Radkliff. 2010 yil avgust oyida u o‘zining spirtli ichimliklarga ruju qo‘yganligini his qilgach, alkogol iste’molini to‘xtatdi.

2007 yil noyabr oyida Radkliff Jakob Gershon taxallusi bilan bir nechta she’rlarini, moda jurnali hisoblanmish - "Rubbish"da nashr etdi (uning ushbu taxallusi otasining ismi Gershon va onasining qizlik ismi Greshamning yahudiycha variantining qo‘shilmasidan iboratdir.) U o‘zining Garri Potter va uning yulduzlari Tom Felton va Emma Uotson bilan yaqin do‘stdir, ularning oilalari ham juda yaqin. Radkliffni ushbu filmga asos qilib olishgani uchun hanuzgacha ulardan minnatdor.

Manbalar Radkliffning shaxsiy boyligi to‘g‘risida ba’zi bir noaniqliklarga duch kelishmoqda, ya’ni Garri Potterning birinchi filmi uchun 1 million funt sterling va oltinchi filmi uchun 15 million funt sterling olganligi aytilgan. Radkliff "Sunday Times" dagi boy odamlar ro‘yxatidan 2006 yilda o‘rin olgan, uning shaxsiy boyligi 14 million funtga baholangan va uni Buyuk Britaniyaning eng boy yoshlaridan biriga aylantirgan.

2009 yil mart oyida u Forbes'ning "Eng qimmatbaho yosh yulduzlar"i ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi va aprel oyiga kelib "The Daily Telegraph" o‘zining boyligini 30 million funt sterlingga baholab, uni Buyuk Britaniyaning 12-eng boy yigitiga aylantirdi. O‘sha yili Radkliff Angliyadagi eng boy o‘spirin deb topilgan. 2010 yil fevral oyida u Gollivudning "eng ko‘p haq oladigan oltinchi erkak kino yulduzi" deb tan olindi va Forbes'ning dekabrdagi Gollivudning "eng ko‘p daromad keltiradigan aktyorlari" ro‘yxatida beshinchi o‘ringa qo‘yildi hamda u o‘sha yili "O‘lim xiyobonlari" filmida suratga tushdi.

Radkliff Nyu-York shahridagi Quyi Manhettenning G‘arbiy qishlog‘ida uyini ta’mirlatyapti. U o‘z vaqtini London, Nyu-York va Fulxem shaharlari o‘rtasida o‘tkazadi. Radkliff Erin Darke ismli qiz bilan uchrashib turgan, ular 2013 yildan beri "Kill Your Darlings" serialida tanishishgan. 2014 yil ular o‘rtalarida unashtiruv bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar va hokazolar bo‘lgan, ammo Darkening otasi Lan Darke dekabr oyida bunday rejalar borligini rad etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dunyoga mashhur Garri Potter qancha boylik to‘plashga erishgan?