00:22 / 30.10.2019
6 642

Qoshlaringiz shakli orqali xarakteringizni tez va oson bilib oling

Qoshlaringiz shakli orqali xarakteringizni tez va oson bilib oling
Ko‘zlaringiz qalbingiz oynasi bo‘lsa, demak qoshlaringiz oynangizni mustahkamlovchi tirgaklardir. Aslida qoshlarning tuzilishi orqali insonlarning xarakterini bilib olish mumkin.
Quyida turli xildagi qoshlarning shaxsiyati haqida so‘z ochamiz.

1. Odatiy ko‘rinishdagi qoshlar

O‘rta kenglikdagi va bir-biridan uzoq bo‘lgan qoshlar an’anaviy qadriyatlarga bo‘lgan sodiqlikni anglatadi. Shu bilan birga, siz haddan tashqari dramatik hodisalarga ta’sirchan emassiz. Har qanday jamoa oldida xursandchilik hissini uyg‘ota olasiz.

2. Uzun qoshlar

Uzun qoshli insonlar deyarli har qanday qiyinchilikka bardosh bera oladilar va juda xushmuomala insonlar sirasiga kiradilar. Ular juda go‘zal ichki olamga ega. Agar siz ushbu turga tegishli bo‘lsangiz, barcha muammolaringizni o‘zingiz hal qilishga odatlangansiz va kamdan-kam hollarda ularni boshqalar bilan baham ko‘rasiz.

3. Kalta qoshlar

Siz ko‘pchilik narsalarga diqqat bilan yondashasiz va har qanday vaziyatda o‘zingizni dadil tuta olasiz. Boshqalarning muammolarini eshitishni yoqtirmaysiz, chunki ba’zida hayotdagi qiyinchiliklarni yengish o‘zingiz uchun ham qiyin bo‘lib tuyuladi. Siz uchun ba’zida hech qanday tog‘ ham baland bo‘lib ko‘rinmaydi.

4.Qalin qoshlar

Siz o‘zingizning ichki kuchingizga va tashqi jozibangizga to‘liq ishonasiz. Sizga o‘xshash insonlar muammolarni osongina hal qila oladilar. Agar biron bir muhim ishga diqqatingizni qaratsangiz, sizni hech qanday kuch bu ishdan to‘xtata olmaydi. Boshqalar sizni qanday o‘ylashlariga ahamiyat bermaysiz.

5. Ingichka qoshlar

Sizning ichki olamingiz juda nozik. Mojarolarga hech ham aralashib qolmaysiz. Siz yaxshi tinglovchisiz. Ko‘pchilik insonlar sizdan maslahat so‘raganda, qo‘lingizdan kelgancha yordam qo‘lini cho‘za olasiz.

6. Ko‘zdan yuqoriroq joylashgan qoshlar

Siz o‘ta ta’sirchansiz. Bir ko‘rishda insonlar siz haqingizda noto‘g‘ri fikrga ega bo‘lishadi. Ammo, odatda hammaga ham ishonavermaysiz. Mukammallik va o‘zini o‘zi tanqid qilish doimiy hamrohingiz.

7. Ko‘zga yaqinroq joylashgan qoshlar

Siz juda ham xushmuomala insonsiz. Har qanday odam sizga ishona oladi. Insonlar bilan tez va oson chiqishib ketasiz. Ayniqsa, boshqa insonlar bilan jiddiy va uzoq davom etadigan munosabatlar o‘rnata olasiz.

8. Uchburchaksimon qoshlar

Uchli qosh shakli sizning jo‘shqinligizdan darak beradi. Holatni tezlikda tahlil qilib, tez qaror qabul qilasiz. Tabiatan liderlik qobiliyatiga egasiz. Har qanday mas’uliyatni bo‘yningizga olishdan uyalmaysiz.

9. Dumaloqsimon qoshlar

Siz juda ham mehribonsiz va e’tibor talab qilasiz. Kimga yordam kerak bo‘lsa, doimo shaysiz.

10. Rangsiz qoshlar

Siz o‘zingizga to‘liq ishonmaysiz. Ko‘p ikkilanasiz. Negadir uyatchanlik sizni hech tark etmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qoshlaringiz shakli orqali xarakteringizni tez va oson bilib oling