22:47 / 31.10.2019
68 192

Go‘zal turk aktrisasi Hande Erchel haqidagi qiziqarli faktlar

Go‘zal turk aktrisasi Hande Erchel haqidagi qiziqarli faktlar
Hande Erchel 1993 yil 24 noyabr kuni Turkiyaning Bandirma shahrida tavallud topgan. U haqidagi sizga qiziq bo‘lgan faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
1. Hande Erchel yoshlik paytida ota-onasidan ayrilgan. So‘ngra u buvisi hamda buvasining tarbiyasida ulg‘aydi.
2. Erchelning ota-onasi millioner bo‘lishgan. Ular bor boyliklarini farzandlariga vasiyat qilib qoldirishgan.
3. Hande Erchelning yakka-yu yagona go‘zal singlisi bor. U modellik sohasida o‘z faoliyatini yuritadi.
4. Erchel va oilasi million $ qiymatlik uyda istiqomat qiladi.

5. Handening rasm chizishga bo‘lgan ishtiyoqi katta. U ko‘plab chiroyli rasmlarni chizgan. Hattoki uyidagi devorlarga to‘lin oy rasmini ham o‘zi chizgan.
6. U hayvonlarni juda ham yaxshi ko‘radi. Ayniqsa, mushuk, kuchuk hamda ot uning sevimli hayvonlaridir.
7. U Ekin Mert Daymaz bilan 2015 yildan buyon sevishib yuradi.

8. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida juda faol. Doimiy ravishda sur’atlarini instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylab boradi.
9. 2 marta "Eng yaxshi aktrisa" mukofotini qo‘lga kiritgan. Qolaversa, 2012 yil "Yil go‘zali" unvoni bilan taqdirlangan.
10. "Pyaar Lafzoon Mein Kahan" nomli dunyoga mashhur dramasida ijro etgan "Hayat" roli unga mashhurlik keltirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Go‘zal turk aktrisasi Hande Erchel haqidagi qiziqarli faktlar