20:42 / 01.11.2019
10 791

Zarina Nizomiddinova shaxsiy hayoti haqida: «Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan xarakterlarimiz to‘g‘ri kelmadi»

Zarina Nizomiddinova shaxsiy hayoti haqida: «Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan xarakterlarimiz to‘g‘ri kelmadi»
Aktrisa Zarina Nizomiddinova "Zo‘r TV" telekanalida efirga uzatiladigan "Aldama meni" nomli shouda o‘z shahsiy hayoti haqida gapirib o‘tdi. Shou qoidasiga ko‘ra ishtirokchilar barcha savollarga to‘g‘ri javob berishlari kerak.

Shouda Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i bilan nega ajrashgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
- "Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan xarakterlarimiz to‘g‘ri kelmadi. Shu sababli ham biz ajrashdik. Men haqimda ko‘pincha turli xil erkaklar bilan ishqiy munosabatda ekan deb yolg‘on xabarlar tarqatishadi. Buning hammasi yolg‘on. Bir qarasangiz Alisher Uzoqov bilan, yana bir qarasangiz Shohruhxon bilan "yurar" ekan deyishadi. Aslida biz juda yaxshi do‘stlarmiz. Men o‘z shaxsiy hayotimni shou-biznes vakili bilan tasavvur qila olmayman. Ko‘plar menga turmushga chiqishni taklif qilishdi, lekin hozircha bu haqida o‘ylayotganim yo‘q", - deydi aktrisa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Zarina Nizomiddinova shaxsiy hayoti haqida: «Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan xarakterlarimiz to‘g‘ri kelmadi»