21:05 / 02.11.2019
5 316

«Bravo» jamoasi a’zosi behayo hazillar qilgani uchun keragidan ortiq jazolanganini aytdi (video)

«Bravo» jamoasi a’zosi behayo hazillar qilgani uchun keragidan ortiq jazolanganini aytdi (video)
«Bravo» jamoasi a’zosi Otabek Mirzaxolov «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Suhbatni jurnalist Feruz Muhammad o‘tkazdi.

«Bravo» jamoasi a’zosi Otabek Mirzaxolov birinchi konsert dasturidan avval «Bravo» jamoasi, hazillarida beldan pastga tushmaslikka harakat qiladigan jamoa bo‘lishi haqida gapirgan edi.

Suhbat davomida nega intervyuda aytib o‘tgan gapida tura olmagani sabablarini quyidagicha izohladi.

Bir narsani aytib o‘tishim kerakki, beayb Parvardigor, hammada ham xato va kamchiliklar bo‘ladi. Haqiqatan ham shunday konsert qo‘yishni niyat qilgan edik. Lekin, xato qildik, ayb qildik va bu aybimiz uchun ‘O‘zbekkonsert’ tomonidan keragidan ortiq darajada jazolandik. Litsenziyamiz ancha vaqtgacha bo‘lmadi, litsenziyasiz yurdik. Endi mana litsenziyamiz qaytarib berilganidan keyin 8 kun 10 ta seansda konsert dasturini muxlislarga havola etyapmiz. Bugun mana oxirgi kun.

Lekin, bir narsaki, hech qanaqa bu gapni gapirganim, ko‘zbo‘yamachilik, kimnidir aldash yoki kimgadir yaxshi ko‘rinish maqsadida emas. Haqiqatan maqsadimiz shunaqa konsert qo‘yish bo‘lgan. Lekin, unaqa hazil qo‘ysak, odamlar kulmasa-chi, degan qo‘rqish bo‘lgan. Biz ajralib chiqqanimizdan keyin, birinchi konsertimiz bo‘lgani uchun qo‘rqish bo‘lgan. Konsert masalasida, bu sohada ishlaydiganlar juda yaxshi biladi. Bunaqa hazillar bilan xalqni kuldirish, 18+ hazil bilan kuldirishdan osonroq.

Bu narsani bemalol aytishimiz mumkin, Xudo xohlasa bu yil bo‘lmasa keyingi yil, keyingi yil bo‘lmasa, undan keyingi yil bosqichma-bosqich baribir bu maqsadimizga yetamiz. Ruslar ham ‘Moskva bir kunda qurilmagan’, deyishadiku, hamma ham onadan tug‘ilishi bilan birinchi sinfga bormaydi-ku. Hammasi bosqichma-bosqich yaxshi bo‘lib boraveradi. Bir narsani bemalol ayta olaman o‘tgan yilgi konsert dasturiga nisbatan o‘zgarish katta.


Eslatib o‘tamiz, «Bravo» jamoasi «O‘zbekkonsert» bilan tuzgan litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzgani, ya’ni o‘tkazilgan konsert dasturlarida muassasaga topshirilgan ssenariydan chetga chiqib, milliy urf-odatlar, odob-axloq, ma’naviy qadriyatlarga yot bo‘lgan, fahshni targ‘ib qiluvchi hajviyalar orqali o‘zbek so‘z san’ati obro‘siga putur yetkazgani uchun litsenziyasiz qolgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Bravo» jamoasi a’zosi behayo hazillar qilgani uchun keragidan ortiq jazolanganini aytdi (video)