4 751
«Meni o‘g‘ri deysizlar, ammo men so‘rab aytaman». Bahrom Nazarovning «Insofsiz» qo‘shig‘i plagiatmi? (video)
Foto: «Daryo»
«Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida 1—4 noyabr kunlari xonanda Bahrom Nazarovning «Yuraksiz» deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Xonandaning so‘nggi vaqtlarda ommalashib borayotgan «Insofsiz» taronasi asl muallifi ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremov ekanligi gap-so‘zlarga sabab bo‘layotgan edi.
Bahrom Nazarov ushbu qo‘shiqqa bir musofir yigitning hayoti aks etgan videoklip suratga oldirgan.
Asif Meherremov esa ushbu qo‘shiqqa klip ham ishlamagan, ammo ushbu tarona Youtube’da 7 milliondan ortiq tomosha qilingan.
Bahrom Nazarov o‘zining yakkaxon konsert dasturida ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremovni ham taklif qilib, bu qo‘shiqning muallifi u ekanligini barchaga ma’lum qildi.
- 2019 yilning sentyabr oyida muxlislarimizga taqdim qilingan ‘Insofsiz’ deb nomlangan qo‘shiqning muallifi ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremov bo‘ladi. Bugun Asif Meherremov bilan sizlarga ushbu qo‘shiqni duet tarzida kuylab beramiz. Meni o‘g‘ri-o‘g‘ri deysizlar, ammo men har doim muallifdan so‘rab aytaman.
Dastur davomida ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremov Bahrom Nazarovning konsert dasturida «Gəl Gör» taronasini duet tarzida kuyladi. Ushbu duetni muxlislar juda ham yaxshi kutib olishdi. Bundan tashqari, xonanda «Gece-Gece» taronasini ham muxlislarga kuylab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi