"Muzlik davri" dan tushgan qaynoq million dollarlar haqida...

  • 10 noyabr 2019, 14:15
  • 1 379
  • Madaniyat
  • "Muzlik davri" dan tushgan qaynoq million dollarlar haqida...
    Bugungi kunda yoshu kattaning eng sevimli multfilmlari qatoridan joy olgan «Muzlik davri» animatsion filmining ekranga chiqqaniga ham mana ha demay, 18 yil to‘lyapti. Ushbu animatsion film dunyo bo‘ylab mislsiz shuhrat qozongan bo‘lib, u amerika animatsion komedik filmidir. Film ssenariysi Maykl J. Uilsonning hikoyasi asosida Kris Vayj va Karlos Saldananing hamkorligida tuzib chiqilgan.

    Blue Sky Studios suratga olish studiyasi ushbu multfilmni o‘zining birinchi badiiy filmi sifatida suratga olgan, 20th Century Fox kinokompaniyasi esa uni 2002 yil 15 martda sotuvga chiqargan. Filmda Ray Romano (Manni), Jon Leguizamo (Sid) va Denis Liri (Diyego)ning ovozlari aks etgan. Filmda onda-sonda Vayj (yong‘oqxo‘r olmaxon Skret)ning ovozi ham uchrab turadi. «Muzlik davri» omma e’tiboriga havola qilingach tomoshabinlar tomonidan juda ijobiy kutib olindi.

    Bu film «Eng yaxshi animatsion film» nominatsiyasi bo‘yicha 75-«Akademiya mukofoti»ga loyiq deb topildi. Filmning birinchi qismidan kartina ijodkorlari 383 million dollar foyda ko‘rishgan. Film katta sahnalarga chiqarilgan haftaning o‘zida 43.3 million dollar mablag‘ yiqqan va «Muzlik davri» multfilmi ham eng kassabop animatsion filmlar ro‘yxatidan joy olgan. Ushbu muvaffaqiyatli ijod namunasidan keyin film ijodkorlari 2006, 2009, 2012, 2016 yillarda ketma-ket to‘rtta qismini suratga olishdi. Albatta, filmning mantiqiy davomi hisoblangan ushbu qismlar ham yetarlicha yutuqqa erisha olgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » "Muzlik davri" dan tushgan qaynoq million dollarlar haqida...