Aktyor Shavkat Komilov “qora piar”ning jabridan aziyat chekyapti (video)

  • 08 noyabr 2019, 20:08
  • 2 827
  • Madaniyat
  • Aktyor Shavkat Komilov “qora piar”ning jabridan aziyat chekyapti (video)
    Saytimizda aktyor Shavkat Komilovning suratga olinayotgan “Zalolat” milliy serialida aktrisa Aziza Yoqubovani qattiq bug‘ib qo‘ygani haqidagi xabar bergan edik.

    Ko‘p o‘tmay, “Sevimli” telekanali uchun suratga olinayotgan “Zalolat” milliy serialining bosh qahramoni Shavkat Komilov shov-shuvga aylangan sahna ko‘rinishining davomini e’lon qildi. Shundan so‘ng, aktyorlar serialning “piar”i uchun atay shunday video tarqatishgani ma’lum bo‘ldi.

    Quyidagi havolada aslida, suratga olish maydonchasida nima sodir bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin.

    Bu videodan so‘ng aktyor uning natijasidan qoniqmadi va alohida audio xabar ham tarqatdi. Uni ham eshitib ko‘ring.

    Oddiy piar ortidan boshi g‘alvalarga qolgan aktyor bilan biz ham bog‘landik.

    Shavkat Karimov, aktyor:
    Odamlar tushunib tushunmay, juda vahimali xulosa chiqarishdi. Aslida, bu serial va uni “piar” qilish uchun kichik videoni Aziza instagramga joylagan edi, holos. Ishonsangiz, o‘sha video tarqalgandan keyin oila a’zolarim, qarindosh va do‘stlarimdan, hatto jiddiy tashkilotda ishlaydigan tanishlarim ham meni izlab qolishdi. Ularning har biriga vaziyatni tushuntirib charchadim. Keyin ilojsiz, videoni oxirini ham tarqatdik. Shu fursatdan foydalanib, muxlislarimdan kasbimizni va bugungi shou-biznesning yozilmagan qoidalarini to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolaman. Aslida, hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan videoni deb meni yomonga chiqarib qo‘ymanglar, iltimos.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Aktyor Shavkat Komilov “qora piar”ning jabridan aziyat chekyapti (video)