05:00 / 14.11.2019
12 289

Sohibjamol Karina Kapur sevgilisiga hamisha baxt tilaydi (foto)

Sohibjamol Karina Kapur sevgilisiga hamisha baxt tilaydi (foto)
Karina Kapurning Ranbir Kapur bilan ishqiy munosabatlari haqidagi turfa xil mish-mishlar hanuzgacha quloqqa chalinib turadi. Hozirda R. Kapur, albatta, u bilan birga emas. Yaqinda erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan T20 World Cup 2020 turniriga tayyorgarlik uchrashuvlarida aktrisa K.Kapurni g‘alati bir savol bilan «savalashdi».

Muxbirlar undan «Agar Alia Bxatt, Katrina Kayf va Deepika Padukone bilan birga liftda bo‘lib qolsangiz, nima qilgan bo‘lardingiz?» deb so‘rashdi. Yuqorida nomlari sanab o‘tilgan aktrisalar bilan R.Kapur ishqiy munosabatda bo‘lgani barchaga ma’lum.

Sohibjamol Karina bunga javoban: «Men liftda Ranbirning bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilgan bo‘lardim. Ranbir u yerda bo‘lgan taqdirda ham unga adovatim yo‘q!» dedi.

Bu K. Kapurning sobiq sevgilisining ma’shuqalari va o‘zi haqida birinchi marta ijobiy fikr bildirishi emas. Yana bir bazmda «Agarda K. Kaif bilan R. Kapur turmush qurishsa, ularning to‘yida mazza qilib raqsga tushishini aytgan edi. Yaqinda MAMI Mumbay kinofestivalida Alia Bxatt va Ranbir Kapurning to‘yi haqida so‘rashganda, Karina «Agar shunday bo‘lsa, men dunyodagi eng baxtli qiz bo‘laman!"- deya javob berdi!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sohibjamol Karina Kapur sevgilisiga hamisha baxt tilaydi (foto)