12:50 / 10.11.2019
13 061

Saif Alixon sobiq rafiqasi Amrita Singxdan hanuzgacha minnatdor!

Saif Alixon sobiq rafiqasi Amrita Singxdan hanuzgacha minnatdor!
Bollivud aktyor va aktrisalarining hayoti har bir mushtariylarimizga qiziq ekani, shubhasiz! Ularning ham shaxsiy hayoti ham ijodiy faoliyatlari barchaning diqqat markazida. Shulardan biri mahoratli hind aktyori Saif Alixondir. Mashhur Bollivud aktyori Saif Alixon 1991 yilda atigi 20 yasharligida 33 yoshli aktrisa Amrita Singxni sevib qolgan.

Sevgi yosh, joy tanlamaydi deb shuni aytishsa kerak. Ular turmush qurishgan bo‘lsada, 2004 yil ularning turmushi o‘z nihoyasiga yetdi. Sobiq juftlikning ikkita farzandi bor: Ibrohim va Sara Ali Xonlar. S. Alixon keyinchalik mashhur aktrisa Katrina Kapur bilan turmush qurgan va ularning hozirda Taymur ismli o‘g‘li bor.

S. Alixondan farqli o‘laroq Amrita bolalariga g‘amxo‘rlik qilish uchun boshqa turmush qurmadi. Bo‘lib o‘tgan voqealarga qaramay, Saif sobiq rafiqasidan minnatdor, chunki u ishga mehr qo‘yish va o‘z kasbiga fido bo‘lish kabi xislatlarni aynan Amritadan o‘rganganiga qayta-qayta iqror bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Saif Alixon sobiq rafiqasi Amrita Singxdan hanuzgacha minnatdor!