6 237
Xonanda Sarvara o‘zbek shou-biznesidan ketib, Turkiyada ijod qilayotgani sababini ma’lum qildi
Foto: «Daryo»
O‘zbek muxlislari orasida «Izlab qolasiz», «Ayriliq», «Muhabbat», «Olmacha» deb nomlangan bir qancha qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Sarvara «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Xonanda Sarvara suhbat davomida nima sababdan ijodini Turkiyada davom ettirayotganiga oydinlik kiritdi.
Har doim ham turk san’atiga, turk shou-biznesiga qiziqishim katta bo‘lgan. Shu boisdan turk san’atini yanada yaxshiroq o‘rganish, turk xonandalari bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qilish maqsadida Turkiyada ijodimni davom ettirmoqdaman.
Turkiyaga ketganimga ikki yilcha bo‘lib qoldi. U yerda turk xonandalari bilan duetlar qildik, yangi qo‘shiqlar yozyapmiz. Hozir bu yerda ijod qilayotganim ‘butunlay Turkiyada qolib ketaman’, degani emas. Imkoniyatim yetganicha ham Turkiyada, ham O‘zbekistonda ijod qilmoqchiman.
Shou-biznes ichida ‘Sarvara ijodni tashlab, boshqa bir tirikchilik uchun Turkiyaga ketdi’, degan mish-mishlar yurgani haqida eshitdim. Bu gaplar asossiz, bu yerda ham asosiy tirikchililigim qo‘shiq kuylash.
‘Xo‘rlayvermang‘ deb nomlangan qo‘shig‘imni turk orkestri bilan birgalikda kuyladim, birgalikda tayyorladik. Tez kunlar ichida ushbu taronamizni muxlislar e’tiboriga havola etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi