07:31 / 12.11.2019
7 823

Bollivud kino olamidagi eng baxtiyor besh juftlik

Bollivud kino olamidagi eng baxtiyor besh juftlik
Ushbu maqolamiz orqali e’tiboringizga Bollivud kino yulduzlarining eng baxtiyor Top 5 juftligini havola etamiz:

1. Dilip Kumar va Saira Bano - ushbu mashhur juftlik yigirma ikki yildan buyon birga totuv yashab kelishmoqda,

2. Akshay Kumar va Tvinkle Xanna - bu mashhurlar juftligi oilasini asrab qolish uchun baravariga harakat qilishadi va bir-birlarini chin dildan qo‘llab quvvatlashadi.

3. Ajay Devgan va Kajol Mukherji - Ajay va Kajol juftliklari anchagina sinalgan juftliklardandir. Negaki, ular turmush qurish fikriga kelish uchun roppa-rosa to‘rt yil sarflashdi. Hozirda bu baxtiyor juftlikning ikkita farzandi bor.

4. Amitabh Bachchan va Jaya Bachchan - bu juftlikni «Salom shodlik, salom g‘am» filmi orqali ham butun dunyo tanigan. Ular 1973 yilda turmush qurishgan bo‘lib, hozirda ikkita farzandi bor.

5. Shohrux Xon va Gauri Xon - bu juftlikning sevgisi ham butun Bollivudga ovoza bo‘lgan. Ularning to‘ylari Shohrux Xon hali u qadar mashhur bo‘lmagan paytlari, 1991 yilda bo‘lib o‘tgan. Bugungi kunda ular uch farzandning ota-onasidir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivud kino olamidagi eng baxtiyor besh juftlik