18:43 / 12.11.2019
22 562

Farhod va Shirin dueti faoliyatini davom ettiradimi? To‘ydan eksklyuziv reportaj (foto)

Farhod va Shirin dueti faoliyatini davom ettiradimi? To‘ydan eksklyuziv reportaj (foto)
Kecha xabar berganimizdek, estradamizda o‘z o‘rniga ega guruhlardan birida quvonchli voqea bo‘ldi. Farhodning Shirini turmushga chiqdi...

Ma’lumot o‘rnida:
Shirinning turmush o‘rtog‘i "The Cover Up" loyihasi ishtirokchisi, xonanda Nodir Zoitovdir.

Hammada tabiiy bir savol paydo bo‘ldi. Farhod va Shirin dueti o‘z faoliyatini davom ettiradimi? Bu savolga javob olish maqsadida guruh prodyuseri Bobur Bobomurod bilan bog‘landik.

— Avvalambor qizlarim qatorida Shirin ham mening to‘rtinchi qizim ekanini aytib o‘taman. Uning baxtini ko‘rib, bugun ota sifatida quvonchimning cheki yo‘q. Yoshlar baxtli bo‘lsin!

Savolingizga kelsak, xonandalar o‘z faoliyatini davom ettiradi, albatta. Endi ijod har doimgidanda kuchayadi, deb ishonch bilan aytishim mumkin. Farhod va Shirinning qatoriga endi kuyov bola Nodir ham qo‘shiladi. U ham yaxshi ijodkor, qo‘ldan kelgancha ijodiy maslahatlar bilan uni ham qo‘llab-quvvatlayman.

“Versal” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimidan fotosuratlarni esa qo‘yida tomosha qilishingiz mumkin.

Kelin va kuyovning onalari




Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Farhod va Shirin dueti faoliyatini davom ettiradimi? To‘ydan eksklyuziv reportaj (foto)