08:58 / 15.11.2019
3 557

Hindistonning eng kassabop filmi suratga olindi...

Hindistonning eng kassabop filmi suratga olindi...
Xabarlarga ko‘ra, Hindiston kinofilmi bo‘lgan «Urush» kinokartinasining to‘plagan kassasi o‘zidan oldingi 16 ta kassabop filmni ortda qoldirib kelyapti. Ushbu filmdagi bosh rollarni Xritik Roshan va Tiger Shroflar ijro etishgan. Bu film rejissori Siddxart Anand bo‘lib, kino sanoati vakillarining fikricha, bu film nafaqat Hindiston, balki Yevropa mamlakatlarida ham tinimsiz namoyish etilmoqda.

Ma’lumot tarzida shuni aytish kerakki, «Urush» filmi joriy yildagi barcha filmlarni ortda qoldirib ketdi. Namoyishining ilk haftasidayoq ushbu film 166332 dollar mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Namoyishining ikkinchi haftasida filmning kassa daromadi $11 million dollarga yetgani barchani hayratga soldi. Filmning keyingi namoyishlarida ham omad tilab qolamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hindistonning eng kassabop filmi suratga olindi...