Bollivud kino yulduzlari orasida turmush qurganlar bilan bir qatorda ishqiy munosabatlari to‘ygacha bormasdan yoki to‘ydan keyin tugab ketgan biroq hozirda do‘stliklarini saqlab qolgan sobiq juftliklar ham bor. Ulardan bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz:
1. Sara Ali Xon va Kartik Ariyanlar juftligi bo‘lib, bugungi kunda ularning o‘rtasida sevgi yo‘q deyish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sara Ali Xon va Kartik Ariyanlarning munosabatlari bir yil davom etgandan so‘ng, sevgidan ijod ustun bo‘lishi kerak degan qarorga kelishgan va munosabatlarini tugatishgan. Biroq ularning ijod kechalarida do‘stona tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda har zamon har zamonda ko‘rinib turadi.
2. Eski juftlik Katrina Kaif va Ranbir Kapur 2016 yilda romantik munosabatlariga nuqta qo‘yishgandi. Oralarida bo‘lib o‘tgan munosabatlarni biroz unutishga ularning muxlislariga ham o‘zlariga ham vaqt kerak bo‘ldi. Vaqt barchasiga da’vo deb to‘g‘ri aytishadi, ularning munosabatlari hozirda samimiy tus olgan. Mishmishlarga qaraganda, ularning ikkalasi yaqin kunlarda birga telefon savdosi bilan bog‘liq tijorat boshlashmoqchi ekan. Umid qilamizki, bu sherikchilik omadli yakun topadi.
3. Xritik Roshan va sobiq rafiqasi Syussan Xonlarning turmushi nihoyasiga yetgan bo‘lsada, ular hamon bir-biriga tayanch bo‘lib kelishmoqda. O‘rtalaridagi ikki nafar farzandni maslakdosh bo‘lib tarbiya qilishyapti. Kino olamidagi Xritik Roshanning har qanday yutug‘ini Syussan yaxshi kutib oladi va unga dalda bo‘lishga harakat qiladi. So‘nggi paytlarda hattoki ularning qayta turmush qurishi ehtimoli haqida ham mishmishlar tarqalgan.
4.Sobiq o‘tli muhabbat egalari Salmon Xon va Katrina Kaiflar eng yaxshi do‘st bo‘lish haqida gap ketganda, hammani ortda qoldirishadi. Shu jihati bilan ham ular ko‘pchilik muxlislar qalbidan joy olishgan. Ular hayotlari mobaynida har qanday vaziyatda ham bir-birlarini to‘g‘ri tushunadilar, dardlashadilar, kulishadilar. Katrina yaqinda Mumbaydagi mashhur Siddxivinayak ibodatxonasiga tashrif buyurib, Salmonning brakonerlik ishida ayblanganligi uchun o‘tkazilgan sud hukmi chiqarilishidan oldin ibodat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Italiya TIV rahbari: "Ukrainaga qo‘shinlarimizni yuborish Uchinchi Jahon urushiga sabab bo‘ladi"
Markaziy bank: 2024 yil oxirigacha inflyatsiya 8−9 foizlik prognoz diapazoni doirasida shakllanadi