10:16 / 16.11.2019
4 272

Bositxonova xonanda: «U atlasni masxaraboz kiyimi, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qildi»

Bositxonova xonanda: «U atlasni masxaraboz kiyimi, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qildi»
Xotin-qizlar qo‘mitasi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yo‘ldoshevaning internetda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan «Sevgingni menga ayt» qo‘shig‘i klipiga munosabat bildirdi.

«Kuni kecha Lola Yo‘ldoshevaning klipi chiqdi. U ‘O‘zbekkonsert’ni litsenziya olib, berish tartibini balki to‘g‘ri tanqid qilgandir. Lekin atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qilib qo‘ygani – bu yigirma beshinchi kadr. Afsuski, buni yana ijtimoiy tarmoqda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan», – dedi Bositxonava 15 noyabr kuni matbuot anjumanida, deb xabar bermoqda «Kun.uz».

Avvalroq, xonanda Lola «Sevgingni menga ayt» deb nomlangan taronasiga ishlangan ikkinchi klipini taqdim etdi. Ushbu klipda xonandalarga litsenziya beruvchi komissiya faoliyati o‘ziga xos ravishda ochib berilgan.

Ma’lumot uchun, «O‘zbekkonsert» 14 oktyabr kuni Jahongir Otajonovni litsenziyasidan ayirdi. Biroq, 16 oktyabr muassasa Jahongir Otajnovni litsenziyasini qaytarib berdi. Shuningdek, oldinroq litsenziyasidan mahrum qilingan san’atkorlar Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova va Halima Ibragimovaga ham ijodiy faoliyatini davom ettirishga ruxsat bergandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bositxonova xonanda: «U atlasni masxaraboz kiyimi, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qildi»