14:09 / 16.11.2019
3 666

Xonanda Lola litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini koʻrsatuvchi klipiga izoh berdi


Xonanda Lola “Sevgingni menga ayt” deb nomlangan taronasiga ishlangan ikkinchi klipini taqdim etib, keng muhokamalar markaziga tushib qoldi. Shu sabab Lola oʻzining ushbu klipi borasida Instagramʻdagi sahifasi orqali izoh berdi.

"Soʻnggi video chiqqanidan soʻng ayrim yangilik saytlari uning mohiyatini va mazmunini oʻzgartirib, oʻz manfaati yoʻlida foydalanishga qaror qilishdi. Hatto meni va jamoamni siyosiy xarakterda izoh berishimga majburlamoqchi boʻlishdi. Shuni aytmoqchimanki, men bu mavzuda intervyu bermayman va siyosatga hech qanday aloqam yoʻq.

Men ijodkorman. Sanʼat bilan shugʻullanaman, sanʼat esa — hayotning koʻzgusi. Oʻz ijodimda turli mavzularga murojaat qilaman: ijtimoiy, hayotiy, baʼzida maishiy va bularning barchasini chin koʻngildan qilishga intilaman. Biz odamlar bemalol nafas olib, bundan besh yil oldin hatto oʻylashga ham qoʻrqadigan fikrlarimizni ochiq ayta oladigan oʻzgarishlar davrida yashayapmiz.

Bu safar biz hazil aralash shaklda satirik videoni yaratib, ijodkorlikdagi byurokratiya va taqiqlar mavzusiga qoʻl urdik. Men ijodkor odamman va bu kabi provakatsiyalar vaqtida yagona beradigan izohim — men Oʻzbekiston fuqarosiman, oʻz Vatanimni sevaman, unda yashayotgan odamlarni yaxshi koʻraman va nimaiki qilmay, uning kelajagiga boʻlgan muhabbatim sabab!"

Avvalroq Xotin-qizlar qoʻmitasi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yoʻldoshevaning internetda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan “Sevgingni menga ayt” qoʻshigʻi klipi haqida “Atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, maʼnaviyat soʻzini oʻyinchoq qilib qoʻygani – bu yigirma beshinchi kadr”, deya munosabat bildirgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Lola litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini koʻrsatuvchi klipiga izoh berdi