Rossiya estradasi qiroli o‘zining vaqti tig‘iz bo‘lishiga qaramasdan Yulduz Usmonovaning Moskvadagi konsertiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining yubileyiga bag‘ishlangan ilk konsert dasturini Moskvadagi "Krokus Siti Xoll" majmuasida o‘tkazdi. Konsert boshlanishidan avval san’atkorni tabriklash uchun grimyorkaga kutilmaganda uning qadrdon do‘sti, Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov kirib keldi. Uchrashuv juda iliq va samimiy kechdi. Ikki yulduz eski xotiralarni, jumladan, Kirkorovning musiqiy tanlovda saralash bosqichidan o‘ta olmagani, Yulduz Usmonova o‘z chiqishlari bilan barchani lol qoldirgani kabi yorqin voqealarni yodga oldilar.
"Men gastrolga uchib ketishim, aeroportga shoshilayotganimga qaramay, sening oldingga kelmasligim mumkin emasdi. Men seni ko‘rishim va bu voqea bilan tabriklashim lozim. Sen Sharqning eng lobar qo‘shiqchisisan", - dedi Kirkorov va Usmonovaga atirgullardan yasalgan ajoyib guldastani hadya qildi.
Yulduz Usmonova ham o‘z o‘rnida qadrdon do‘stini maqtovlarga ko‘mib tashladi. Unga ko‘rsatilgan ehtirom va e’tibor uchun Kirkorovga minnatdorlik bildirdi va sirlarga limmo-lim bir gapni aytdi.
"Men esa senga o‘sha rejani nihoyat amalga oshirishingni tilayman. Sen xalqga o‘zingning haqiqiy qalbingni ko‘rsatishing kerak", - dedi Yulduz Usmonova. O‘zbek primadonnasining bu tilagi barcha to‘planganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
U Kirkorovga Toshkentda konsert berishni taklif etdi, Kirkorov bunga javoban O‘zbekistonda dekabr oyida konsert dasturi allaqachon rejalashtirilgani haqida aytdi.
Yulduz Usmonova Moskvadan so‘ng Qozog‘iston va AQShda ham konsert dasturlarini taqdim etishni rejalashtirgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai