Xonanda Erkin Xudoyqulov san’atdan ko‘ngli qolib Dubayga ketgani, ijodiy tanaffusiga sabab bo‘lgan ishlar haqida gapirdi (video)

  • 19 noyabr 2019, 12:53
  • 1 528
  • Madaniyat
  • Xonanda Erkin Xudoyqulov san’atdan ko‘ngli qolib Dubayga ketgani, ijodiy tanaffusiga sabab bo‘lgan ishlar haqida gapirdi (video)
    Foto: «Daryo»
    «Onajon», «To‘ying kuni to‘yib yig‘ladim», «Yangalar» kabi qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Erkin Xudoyqulov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
    Erkin Xudoyqulov suhbat davomida san’atdagi uzoq tanaffusi sababi haqida gapirib berdi.

    Bugun ko‘p gaplarni ochiq-oydin gapirmoqchiman. Ancha tanaffus bo‘lishiga sabab oddiy narsa. 2009 yilda san’at saroyida 4 kunlik ‘Erkin o‘g‘lingman o‘zbegim’ deb nomlangan oxirgi konsertimni qo‘ydim. O‘shandan keyin san’atni taqqa to‘xtatdim. Nega degan savol tug‘iladi. Chunki, rosa san’atdagi narsalardan charchagan edim.

    Birinchi xafa qilgan narsa — nohaqlik ko‘p. Hatto san’at ichida ham ba’zilarini do‘st deb bilsak, biror joyga borsak falonchi do‘stingiz keldi, ‘u fanogrammachiku, u bunaqa-yu, deyishdi. Kimdirlari besh vaqt namoz o‘qishadi-da, yana birovlarni g‘iybat qilishadi. Eng yomon ko‘rgan narsam g‘iybat. Men yuziga aytaman, hech qachon g‘iybat qilmaganman.

    Dadam juda xohlab, ‘O‘g‘lim, sen ham Navro‘z, Mustaqillik bayramlarida chiqqin, shu yerda seni ham ko‘ray’, deganlar. Otamni orzusi edi. Hamma san’atkorni ham shunday bayramlarda chiqish orzusi bo‘ladi. Lekin, negadir o‘sha paytda faqat belgilangan san’atkorlar chiqar edi. Kimlar chiqadi, kim qanday qo‘shiq aytadi, kim chiqmaydi uni xalq ham yodlab olgan edi. O‘sha narsalar xafa qilgan. Har yili qo‘shiq yozaman, ‘Vatan’ haqida yangi qo‘shiq yozardim, o‘sha paytda ‘O‘zbeknavo’ konservatoriyada yig‘ilish qilardi. ‘Tanish — bilishlaring o‘tmaydi, tepadan qo‘ng‘iroq qildirmalaring, zo‘r qo‘shiq bo‘lsa chiqaraman’, derdi. Zo‘r qo‘shiqlarni kechirasizlarku, o‘n-yigirmatasini yozib bo‘lganmiz. Bitta arinjirovka qildirish o‘sha paytda 200-300 dollar edi. Ha, pulimiz yo‘q emas, border, lekin, shuncha qo‘shiqni havoga otib yubormaysizku.

    Keyin ba’zi bir televediniyeda aylantiramiz desak ham, endi faqat vatan haqida qo‘shiq kuylamaysizku, tijorat, pul keltiradigan sevgi-muhabbat haqida ham qo‘shiq qilish kerak, u narsalar xalqqa kerakku. Mana shunaqa narsalar meni juda charchatgan. Shu darajada ko‘nglimni qoldirib yuborgan.

    Vatanimni sevaman, vatanimdan hech qachon ko‘nglim qolmaydi, shu yerda tug‘ilganman, shu yerda o‘laman. Mening aytmoqchi bo‘lgan gapim, boramiz, qo‘shiq yozamiz, tayyorlaymiz, aranjirovka qilamiz, shoirga boramiz uni-buni qilib olib boramiz beramiz bo‘ldi, tag-tugi yo‘q, hech kim javob aytmaydi. Televediniyega bersangiz javobi kelmaydi. Ko‘pchilik san’atkorlar qo‘shig‘i nima sababdan o‘tmaganini bilmaydi. ‘O‘zbeknavo‘ borasiz, litsenziya olasiz, to‘ylar bunaqa. Qisqasi ko‘p narsalar ozgina ranjitgan.

    2009 yilning oxirida Birlashgan Arab Amirliklariga ketdim, Dubayda yashadim. To‘g‘ri, halol mehnat qildim u yerda. O‘zbek sherik do‘stlar bilan u yerda biznes qildik. Besh yil umrim o‘sha yerda o‘tdi, oilam bilan Dubayda yashadim O‘sha paytda televizorga chiqaman desak, falon so‘m bo‘ldi. Biz pul qizg‘onmayapmiz, klip olib borsak o‘tmaydi. Eng muhimi, klip to‘rt daqiqadan oshmasin degan gap bo‘lardi. Ashula qanday qilib to‘rt daqiqadan oshmasligi mumkin. Unda shoirni ham chaqirib, 2 bo‘limdan ortiq she’r yozmang degan talab qo‘yish kerak ekanda.

    To‘g‘ri ba’zi bir qo‘shiqlar uch-to‘rt daqiqaga sig‘adi, lekin ba’zi qo‘shiqlar undan oshishi mumkin. Olib boramiz klipimiz o‘tmaydi. Kechirasiz, bu xarajat, o‘sha paytda kliplarimizni 1000-1500 dollarga olganmiz. Biz ham Navro‘z, Mustaqillik bayramlarida chiqib kuylashni orzu qilganmiz, lekin, o‘roqda yo‘q, xirmonda yo‘q odamlar chiqardi o‘sha paytda.

    Men o‘zim har safar kuzatardim, qora ko‘jali uch-to‘rtta qiz chiqardi. Bir balo ashulalarini aytardi-da, bo‘ldi edi, ammo el tanigan xonandalar chiqa olmas edi.

    Xalq bizni taniydi, davlat tadbirlariga borganmiz, hozir ham boramiz. Paxta dalalariga tadbirlarga borar edik, ‘O‘zbeknavo‘ omon bo‘lsin, o‘sha yerda ishlayotganlar bo‘lsa, vijdoni bo‘lsa to‘g‘rilikcha biladi. Men ularni hech narsada ayblayotgan joyim yo‘q. Shunchaki bor gapni aytayapman. Nimaga ‘biz haqli emasmidik o‘shanda bayramda chiqishga. Oxiri xulosa qildik, yoki zo‘r tanishing bo‘lishi kerak yoki kimdir tepadan aytishi kerak ekan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xonanda Erkin Xudoyqulov san’atdan ko‘ngli qolib Dubayga ketgani, ijodiy tanaffusiga sabab bo‘lgan ishlar haqida gapirdi (video)