10:15 / 20.11.2019
3 429

Rejissyor Umid Hamdamov o‘zbek kinosidagi yoshlarga bo‘lgan e’tiborning eng xunuk tragediyasi haqida (video)

Rejissyor Umid Hamdamov o‘zbek kinosidagi yoshlarga bo‘lgan e’tiborning eng xunuk tragediyasi haqida (video)
Foto: «Daryo»
«O‘zbekkino» milliy agentligida «Milliy kino va yoshlar» deb nomlangan ijodiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda «O‘zbekkino» tomonidan taqdim etilgan video rolikdagi yosh kino ijodkorlarning fikrlari anjuman ishtirokchilari tomonidan yaxshi kutib olindi.

Rossiyaning Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan «Kinoshok» festivalida Gran-priga, Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Oltin humo» taqdimotida «Eng yaxshi montaj ishi», «Eng yaxshi ssenariy» va «Eng yaxshi film» yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan «Issiq non» filmi rejissyori Umid Hamdamovning bugungi kunda o‘zbek kinosida yoshlarga bo‘lgan e’tibor haqidagi fikrlarini taqdim etamiz.

«O‘zbekkino»da yoshlarga bo‘lgan e’tiborni baholaydigan bo‘lsak, to‘g‘risini, oddiy tilda aytadigan bo‘lsam ‘eskicha’ deb o‘ylayman. Chunki, yoshlarga katta qadam bosishi uchun imkoniyat bermaymiz. Ularga ishonsizlik bildiramiz va ularni haddan tashqari ‘kontrol’ qilishadi. Bunday jarayonda o‘sha ‘eski’ uslublar davom etaveradi. Yoshlarning yangi nafasini ko‘rish uchun ularga katta imkoniyat berish kerak. To‘g‘ri, bu jarayonda moliyaviy jihatdan ko‘p yo‘qotish bo‘lishi mumkin. Lekin, shularni ichidan qanaqadir yangi bir natijalarga erishish mumkin.

Yaqinda Koreyaning san’at institutini ko‘rdim, bolalar juda erkin. Hech bir qolipga tiqilmagan. Ayniqsa kiyimlari juda ham erkin. Ijodkorlarni o‘zi kiyinishidan bilsangiz bo‘ladi, hech qachon o‘zini bir qolipga solmaydi. Ijodkor hech qachon qolipga solinmaydi ham. Shundagina biz ijod namunasini ko‘rishimiz mumkin. Bizda bu juda yomon ahvolda. Chunki, biz har doim ijodkorlarni bir xil qilishga harakat qilamiz. Fikr nuqtai nazaridan ham, tashqi nuqtai nazardan ham bir xillashtirishga harakat qilamiz. Buni qoliplashtirish fabrikasiga taqqoslasa bo‘ladi. Eng xunuk tragediyamiz ham shunda bo‘lsa kerak, menimcha. Bu San’at institutiga ham, Rassomchilik institutiga ham tegishli.

Yaqinda San’at institutida Turk kino ijodkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Taklif qilishgan ekan, borgandim. Zalga sal ertaror borgan edim. To‘g‘risi, qo‘rqib ketdim. Chunki, drama boshlandi. Hammani, darsdan olib chiqib, majburlab, unga bu film kerakmi, kerakmasmi, zalda bir narsalar boshlanib ketdi. Keyin eng qizig‘i bir-ikkita domlalarimiz chiqib, ularning qarsak chalishidan tortib, o‘tirib turishigacha, zalni oxirigacha tark etmasligiga boshqarib turdi. Shuni mikrofonda repetitsiya qilishdi. Bu qaysi aqlga sig‘adi, bu komediya emasmi? Bu satiraning eng og‘ir darajasi bo‘lsa kerak.

Menimcha «O‘zbekkino»da hech bo‘lmasa, o‘qishni tugatib kelgan talabalarni ko‘rishadigan, uchrashadigan, joyi bo‘lishi kerak. Biz endi o‘zbekchada, to‘g‘ri ma’noda ‘g‘iybat’ deymiz. Buni yaxshi ma’noda ishlatyapman. Ijodkorlarni bir g‘iybatlashadigan, o‘zining bir joyi bo‘lishi kerak. Shu yerga kelganda yoshlar o‘zi bilan o‘zi to‘lqinlanib, ko‘ngliga kelgan ishni qilib ko‘rishi kerak. Shu bosqichdan o‘tishimiz kerak. Shu bosqich bizga yangi shaxslarni berishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rejissyor Umid Hamdamov o‘zbek kinosidagi yoshlarga bo‘lgan e’tiborning eng xunuk tragediyasi haqida (video)