12:14 / 21.11.2019
11 418

Qoraqalpog‘istondagi otishma sabablari aniqlandi (video)

Qoraqalpog‘istondagi otishma sabablari aniqlandi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida ulkan qora yuk mashinasidagi odamlar ikkita patrul mashinasini o‘qqa tutayogani aks etgan video tarqaldi. Video ostidagi izohlarda, bu voqea "O‘zbekkino" Milliy agentligi bilan birgalikda hindistonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan yangi film jarayonlari deb taxmin qilingan.

"O‘zbekkino" MA bosh direktori F.Abduxoliqovning so‘zlariga ko‘ra, internetda paydo bo‘lgan suratlar “Xudo Hofiz” nomli hind filmiga tegishli kaskadyorlik lavhalaridir.

- Mamlakatimizning dunyoga ochilayotgani va kinoni qo‘llab-quvvatlash borasidagi mexanizmlar bugungi kunda nafaqat yangi sheriklar bilan ishlash, balki mamlakatga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish imkonini bermoqda. Rejaga binoan, hind kinoijodkorlarining O‘zbekistondagi sarf-xarajatlari taxminan 1 million dollarni tashkil etadi”.

Film ssenariysiga ko‘ra, global moliyaviy inqiroz boshlangan paytda yosh juftlik Usmon va Nargis moddiy qiyinchiliklarga duch kelishadi va Noman Respublikasiga (xayoliy mamlakat) borib ishlashga qaror qilishadi. Usmon avvaliga Nargisni Nomanga yuboradi va orqasidan o‘zi borishga qaror qiladi. Ammo ko‘p o‘tmay, unga aeroportdan sarosima bilan qo‘ng‘iroq qilishadi. Usmon darhol Nomanga uchib ketadi va Nargisni topishga harakat qiladi.
Ayoli odam savdosi qurboniga aylanganini anglab, mamlakat rasmiy idoralariga murojaat qiladi. Ichki razvedka xodimi Tamenaning ko‘magida jinoiy guruhning iziga tushishadi. Nihoyat Usmon Nargis va boshqa hindistonlik "tirik tovarlar" joylashgan yuk mashinasini olib qochadi. Jinoiy guruh Usmonni ta’qib qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ana shu jarayon aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, filmni suratga olishda Hindiston, AQSh, Rossiya va Yevropa mamlakatlaridan 150 dan ortiq aktyor, shuningdek, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatrining aktyori Otabek Haqberdiyev ishtirok etmoqda.

Kartina premerasi 2020 yilga mo‘ljallangan.
Bugun Hindistonning Panorama Studios studiyasi O‘zbekistondagi suratga olish ishlarini yakunladi. Filmni suratga olish jarayonlari Hindistonda davom etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qoraqalpog‘istondagi otishma sabablari aniqlandi (video)