10:45 / 22.11.2019
7 996

Kaan Urganchi o‘g‘lining sevgilisi "Sevgi iztiroblari" serialidagi Zeynepmi yoki boshqa?

Kaan Urganchi o‘g‘lining sevgilisi "Sevgi iztiroblari" serialidagi Zeynepmi yoki boshqa?
O‘zining ko‘plab muxlislariga ega bo‘lgan taniqli, kelishgan turk aktyori Kaan Urganchi o‘g‘li 1981 yil 8 may kuni Izmirda tavallud topgan. Ya’ni, Turkiyaning ikkinchi yirik shahrida. Kaanning oilasi juda ham boy bo‘lgan. Ehtimol u boy oiladan bo‘lganligi sababli, hayotini kino ijodiga baxshida etgan.

Biz bilamizki, Kaan Urganchi o‘g‘li turk kinosining eng go‘zal ayollari bilan sevgi rishtalarini o‘rnatib kelgan. Masalan, bir necha yil muqaddam, aktyorning muxlislari uning turk jamoatchisi Derin Mermerchiy bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlari haqida xabar topishgan. Ularning munosabatlari uzoq vaqt davomida turk matbuotida muhokama qilingan. Afsuski, oralariga qandaydir sovuqchilik tushganligi sababli ularning munosabati oxir oqibat o‘z yakunini topdi.

Shu yaqin yillar oralig‘ida Kaanning muxlislarini bir savol qiziqtirib kelmoqda. Ya’ni, hozirda uchrashib yurgan sevgilisi "Sevgi iztiroblari" serialidagi Zeynepmi yoki suratkash Zeynep Oymakmi?

Shak-shubhasiz, bu suratkash Zeynep Oymakdir. Zeynep Kaan bilan 2016 yil noyabr oyidan buyon uchrashib kelmoqda. Ularning bir biriga bo‘lgan sevgisi kun sayin ortib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda uning muxlislari bu haqida ko‘plab izohlar bildirishgan.

Mish-mishlarga qaraganda, ular shu yaqin kunlarda oila qurishni rejalashtirayotgan edilar. Ammo Kaan bu haqida matbuotga xabar berishni istamadi. Chunki u shaxsiy hayotini ommaga oshkor qilishni yoqtirmaydigan shaxs.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kaan Urganchi o‘g‘lining sevgilisi "Sevgi iztiroblari" serialidagi Zeynepmi yoki boshqa?