09:02 / 30.11.2019
11 851

Enn Xeteueyni dunyoga mashhur qilgan filmlar haqida...

Enn Xeteueyni dunyoga mashhur qilgan filmlar haqida...
O‘zbek teletomoshabinlariga «Malikaning kundaligi» filmi orqali mashhur bo‘lgan sohibjamol va mahoratli aktrisa Enn Xeteueyning ijro etgan eng mashhur rollarini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
1. «Rachel Getting Married» («Reychel turmushga chiqyapti») - Ko‘pgina muxlislar fikricha, Enn Xeteuey bu roli uchun Oskar mukofotiga sazovor bo‘lishi kerak edi. Uning bu filmda yaratgan obrazi bir qancha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. U o‘zi ijro etgan rolda giyohvand moddaga ruju qo‘ygan qiz obrazini yaratgan.

2. «Malikaning kundaligi» - Muxlislar e’tiroficha, ushbu filmdagi Miya Termopilis obrazini Enndan bo‘lak hech kim bu qadar maromiga yetkazib ijro etolmagan bo‘lar edi. U filmda o‘zini rostdan ham malikalardek his etib, uning hissiyotlarini jonli tarzda chiqarib bera olgan.
3. «Les Misérables» - Ushbu filmdagi ijrosi uchun aktrisa Oskar mukofotiga nomzod deb topilgan. Aynan shu roli tufayli aktrisaning haqiqiy mahoratini butun dunyo tan oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Enn Xeteuey ijodini davom ettirmoqda, bu esa uning keyingi ijod namunalari bundan ham kuchliroq bo‘lishi mumkinligiga ishoradir. Go‘zal Ennga chinakamiga omad tilab qolamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Enn Xeteueyni dunyoga mashhur qilgan filmlar haqida...