Yaponiyadagi ajabtovur festivallar

  • 05 dekabr 2019, 15:06
  • 851
  • Madaniyat
  • Yaponiyadagi ajabtovur festivallar
    1. Naki Sumo - chaqaloqlarni yig‘latish festivali
    Naki Sumo Misturi bu dunyodagi eng g‘aroyib festivallardan biridir. Ushbu musobaqada ikkita sumo kurashchi bo‘lib ikkalasi ham qo‘lida chaqaloq ushlab turishadi. Keyin hakam chaqaloqlarni yig‘latish uchun qo‘rqinchli niqoblar kiyadi. Eng baland va eng ko‘p yig‘lagan chaqaloq g‘olib deb e’lon qilinadi. Ushbu 400 yillik an’ana chaqaloqlarning sog‘lig‘i yaxshi bo‘lishiga kafolat beradi.


    2. Paantu festivali - yovuz ruhlarni quvib chiqarish festivalidir
    Paantu festivali asrlar davomida yovuz ruhlar Miyakojima, Okinava ko‘chalarda bolalar va kattalarni quvib yurgan. Odamlar bu yovuz ruhlardan qutulish uchun loy va barglar bilan o‘ranib, paantu kiyganlar, bu kelgusi yil uchun yaxshi boylikka nishona.


    3. Akutai Matsuri - lanatlar festivali
    Ko‘cha-ko‘yda biz so‘kingan, ko‘p yomon so‘zlarni ishlatayotgan kishilarga duch kelamiz. Yaponiyada esa aynan yovuz ruhlarni so‘kish va haqorat qilish uchun aynan festival mavjud.


    4. Muon Bon Odori festivali
    Agar siz ushbu festivalni fotosuratlarda ko‘rsangiz, u odatdagi yapon festivaliga o‘xshaydi. Biroq, bu festival sokin tarzda nishonlanadi. Raqqosalar eshitish vositasi orqali tinglayotgan musiqa bilan raqsga tushishadi, shuning uchun tomoshabinlar hech narsani eshitmaydilar. Albatta, bu holat faqat so‘nggi yillarda boshlandi, chunki qo‘shnilar shovqindan shikoyat qilishgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yaponiyadagi ajabtovur festivallar