"Oltin kabutar" tanlovining g‘oliblari aniqlandi​ (foto)

  • 05 dekabr 2019, 13:40
  • 1 778
  • Madaniyat
  • "Oltin kabutar" tanlovining g‘oliblari aniqlandi​ (foto)
    Poytaxtimizdagi "Xalqlar do‘stligi" saroyida yurtimizda ilk marta o‘tkazilayotgan "Oltin kabutar" ijodiy tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir va gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur ijodiy loyiha “Mening yurtim”, “Yoshlar” telekanallari va Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tanlovda televideniye, san’at va madaniyat hamda kino sohasi vakillari taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.

    “Oltin kabutar” tanlovida 2019 yilda samarali mehnat qilgan ijodkorlar ko‘plab nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.

    “Oltin kabutar” g‘oliblarini hakamlar hay’ati emas, balki tomoshabinlarning o‘zi SMS orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqladi. Buning uchun ishtirokchilar tegishli tartibda besh bosqichda saralashdan o‘tdilar.

    Qayd etish lozimki, tanlovning «Eng yaxshi ko‘rsatuv» nominatsiyasida “Mening Yurtim”telekanalining «Markaziy studiya» ko‘rsatuvi g‘olib bo‘ldi, ko‘rsatuv boshqa nominatsiya g‘oliblaridan farqli ravishda eng ko‘p ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi — 10 035 ta.

    Bundan tashqari tanlovda “Yilning eng yaxshi blogeri” nominatsiyasi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofot bilan @davletovuz kanali muallifi bloger Qobil Xidirov g‘olib deb topildi.

    Shuningdek tanlovda “Eng yaxshi milliy serial”, “Eng yaxshi aktyor”, “Eng yaxshi videoklip”, “Eng yaxshi estrada xonandasi”, “Eng yaxshi teleboshlovchi”, “Eng yaxshi telejurnalist”, “Eng yaxshi tok-shou”, “Eng yaxshi saundtrek” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlangan.

    Shuningdek, “O‘zbek san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun”, “O‘zbek televideniyesi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”, “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyasida tanlovning maxsus mukofotlari topshirildi.

    Bundan tashqari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Eng yaxshi konsert dasturi”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi badiiy film”, “Yil blogeri”, “Yilning eng faol yoshi”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi”, “Yil investori”, “Yilning eng yaxshi ixtirochisi”, “Yilning eng yaxshi arxitektori”, “Yilning eng yaxshi maqom ijrochisi”, “Yil rassomi”, “Yil shifokori”, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” kabi rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham taqdim etildi.



    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » "Oltin kabutar" tanlovining g‘oliblari aniqlandi​ (foto)