20:41 / 06.12.2019
4 392

Bu film "bomba" bo‘ladi: Ivan Arxipov "Baron-2" kartinasi haqida

Bu film "bomba" bo‘ladi: Ivan Arxipov "Baron-2" kartinasi haqida
"O‘zbekkino" milliy agentligi tomonidan O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari o‘rtasida ijodiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, "Baron 2" filmini ikki davlat kinoijodkorlari hamkorligida suratga olish rejalashtirilgan.

"Baron 2: Qaytish" kartinasi "O‘zbekkino" hamkorligida Rossiyaning "Inferno" prodyuserlik markazi tomonidan suratga olinishi ma’lum qilindi.

"Bu film haqiqiy bomba bo‘ladi va albatta, bu O‘zbekistondagi eng talantli rejissyor Rustam Sagdiyev tufayli. U o‘zini ayamaydi. Sidqidildan yondashadi. Filmda o‘zbek aktyorlari, rossiyalik aktyorlar, qozog‘istonlik yulduz, Belarus, Turkiya, Misr va Suriyadan artistlar rol ijro etishgan", - dedi kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya kinoforumi davomida "Inferno" prodyuserlik markazi rahbari Ivan Arxipov.

Eslatib o‘tamiz, jangari ruhdagi filmning birinchi qismi 2016 yil 15 yanvarda katta ekranlarga chiqqan va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otgan. Film davomida aktyor Farhod Maxmudov ishtirok etishi ma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bu film "bomba" bo‘ladi: Ivan Arxipov "Baron-2" kartinasi haqida