00:30 / 19.12.2019
4 918

Shukrullo Isroilov: «Nega qiziqchilarga birorta mukofot yo‘q?»

Shukrullo Isroilov: «Nega qiziqchilarga birorta mukofot yo‘q?»
«Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida «Mavsum xitlari—2019» taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Mavsum xitlari—2019» taqdirlash marosimida mehmon bo‘lgan qiziqchi Shukrullo Isroilov «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida qiziqchilarga e’tibor yo‘qligi, ular uchun birorta mukofot yoki taqdirlash marosimi tashkil qilinmaganligi haqida gapirdi.

- Qiziqchi mukofot olmaydi-ku, qiziqchiga mukofot — xalqning olqishi. Eng keragi xalqning nazaridan qo‘ymasin. Bilmadim nega mukofot yo‘q, hozir shu gapni sahnada gapirdim. Sardor Tairovga mukofotni topshirdik. Nega endi xonanda, raqqosalarga mukofot bor-u, qiziqchilarga yo‘q. Hech bo‘lmasa diplom ham yo‘qda, e’tibor yo‘q. Yoki bular qiziqchini qo‘pol qilib aytganda mensishmaydimi? Lekin, bundoq o‘ylab qarasangiz ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p ko‘riladigani qiziqchilar bo‘ladi. Mana masalan birorta san’atkorning konsertida qiziqchilik qilishga chiqsam, ana o‘sha videolar YouTube’da million martalab ko‘riladi. So‘z ustasi, qiziqchilik ham bir san’at. Bu juda qiyin san’at.

Mana Hojiboy Tojiboyevga haykal qo‘yildi. Syomkada edim, afsus ushbu marosimga borolmadim. Shu insonni Alloh rahmat qilsin. Shaxsan o‘zim Hojiboy akani juda hurmat qilar edim. Sababi, uning har bitta konsertidagi samimiy so‘zlariga mazza qilib kulamiz. To‘g‘ri, qiziqchilar ko‘p, lekin hammasining o‘z yo‘li bor. Masalan men Hojiboy aka yo‘nalishida qiziqchilik qilolmayman, qila olaman, lekin uning darajasidek emas. Uning yo‘nalishida mana Avaz Oxun ijod qilmoqda.

Har bitta qiziqchining o‘z muxlisi, o‘z yo‘nalishi bor. Mana biz ham har yili konsert beramiz. Ikki yilda bir marta bo‘lsa ham konsert qilamiz. Men 3—4 yildan beri ‘Shukur shou’ qilaman. Konsertlarimning ko‘ruvchilar soni ko‘p bo‘ladi. Lekin shu yil yakunida nimadir bo‘lish kerak-da baribir. San’atkorlarga ‘Mavsum xitlari’ bo‘lsa, qiziqchilarga ‘Mavsum eng chiroyli so‘zlari’ yoki shunga o‘xshash biror narsa o‘ylab topish kerak yoki shu konsertda birorta qiziqchi chiqib, muammolarni gapirsa, oxirida diplom yoki shunga o‘xshash mukofot berilsa yaxshi bo‘lardi.

Bu ham bir kichik e’tibor hisoblanadi. Mana hozir bu yerda hamma chiqib fonogramma qilyapti, lekin biz jonlida gapiryapmiz. Buning ham farqi bor. O‘zi hozirda qiziqchilar juda kam.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shukrullo Isroilov: «Nega qiziqchilarga birorta mukofot yo‘q?»