12:19 / 23.12.2019
10 166

Hojiboy Tojiboyevning qizi dadasining «shogird»lari haqidagi intervyusidan so‘ng tazyiqqa uchraganini ma’lum qildi (video)

Hojiboy Tojiboyevning qizi dadasining «shogird»lari haqidagi intervyusidan so‘ng tazyiqqa uchraganini ma’lum qildi (video)
Foto: «Daryo»
Tashkent City’da O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning haykali ochildi.
Ushbu marosimda Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga qisqa intervyu berdi.

Intizor Tojiboyeva suhbat davomida 2016 yilda «Daryo»ga bergan «Faqat «Shogirdiman!», deb gapirishni bilishadi, ammo uyimizni qayerdaligini ham bilishmaydi. Dadamning qo‘shtirnoq ichidagi shogirdlari yordam berish uyoqda tursin, oilamiz haqida ma’lumotga ham ega emas», mazmunidagi intervyusidan so‘ng unga tazyiqlar bo‘lgani haqida gapirib berdi.

- "Avvalgi intervyulardan keyin tazyiqlar bo‘ldi. O‘sha payt sizga intervyu bergandim. Men u yerda aniq bir odamni gapirmaganman, umumiy gap bo‘lgan. Siz ‘shogirdlar’ deganingizga men shogirdlari deganman. Hech kimni yomonlamaganman, har doim haqiqatni aytaman, xarakterim shunaqa. Keldimi keldi, kelmadimi kelmadi... U gapdan keyin majbur bo‘lib kelishdi.

Ushbu marosim har tomonlama ko‘ngildagidek o‘tayotgani uchun Valijon Shamsiyevga kattakon rahmat aytaman, ular bo‘lmaganlarida, ochilish marosimi bu darajada bo‘lmas edi. Aka bo‘lib, shogirdlari bo‘lmasa ham, xayolan shogird bo‘lib hammamizning yonimizda turib berdilar.

To‘g‘risini aytsam, Valijon aka oilamizning qadrdonlari. Mirzabek akaga ham rahmat deyman. Mana shu yerga kelgan insonlar, bizning oilamizning yaqinlari. Bundan oldin ham ko‘rsatuvga kelganlar ham yaqinlari. Kelmaganlar esa yaqin inson emas. Shundan ham xalqimiz bizning oilamizga kim yaqin-u, kim yaqin emas, bilib olishsa bo‘ladi", deydi Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hojiboy Tojiboyevning qizi dadasining «shogird»lari haqidagi intervyusidan so‘ng tazyiqqa uchraganini ma’lum qildi (video)