09:55 / 04.01.2020
5 420

Milliy gvardiya qo‘mondoni Ozodbek Nazarbekovni taqdirladi

Milliy gvardiya qo‘mondoni Ozodbek Nazarbekovni taqdirladi
Foto: Milliy gvardiya
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan o‘tgan 2019 yil davomida tizimda amalga oshirilgan bir qator islohotlar va yangiliklarga bag‘ishlangan yil yakunlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, samarali hamkorlik qilganligi uchun bir qator hamkor vazirlik va idoralar vakillari mukofotlandi.

Xususan, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni B.Toshmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekovga shaxsiy tarkibning jangovar va vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga, Vatan himoyachilarining ona yurtga muhabbat tuyg‘ularini oshirishga xizmat qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlariga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Milliy gvardiya qo‘mondoni Ozodbek Nazarbekovni taqdirladi