18:31 / 07.01.2020
39 629

Sitora Farmonova: "Uyatsiz serialda suratga tushishim uchun menga 700 ming dollar taklif qilishgan"

Sitora Farmonova: "Uyatsiz serialda suratga tushishim uchun menga 700 ming dollar taklif qilishgan"
Aktrisa Sitora Farmonovaga uyatsiz sahnalari bo‘lgan Gollivud filmida suratga tushish uchun 700 ming dollar gonorar taklif qilishgan. Sitora bu haqda «Sb.uz» portalining «Ochiq suhbat» loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«2008 yilda menga Gollivuddan taklif bo‘lgan. Bu Sony Entertaiment Production va ‘TNT’ telekanalining qo‘shma loyihasi edi. Qo‘limga qiymati 700 ming dollar bo‘lgan ikki yillik shartnoma kelib tushgan. Bu taklifdan judayam xursand bo‘lganman. Lekin keyin bilsam serialning 50-qismidan keyin uyatsiz sahnalari boshlanar ekan. Men bunday sahnalarni o‘ynamayman, deganimda, menga sizda dublyor bo‘ladi, deyishgan. Lekin u sahnalarda men emas, dublyor o‘ynayotganini sahna ortidagilar biladi, tomoshabin esa bu sahnalarda meni ko‘radi.

350 ta qismli serialning 50-qismidan keyin uyatsiz sahnalar boshlanadi. Bu degani 300 ta qismda shunday sahnalar bo‘ladi, degani. Tomoshabin serialni ko‘rgani sari mendan nafratlanishni boshlaydi. ‘O‘zbekistondan chiqqan qiz shunaqa kinoda rol o‘ynabdi’, deyishadi.

O‘sha 700 ming dollarni oldim, bir, ikki, besh yoki o‘n yil yerman. Lekin bu kino chiqqanidan keyin otam qanday bosh ko‘tarib yuradi? Oila a’zolarimning holi nima kechadi? Xullas, bu taklifni rad etganman. Ko‘pchilik nega unday qilding, bu taklif orqali senga Gollivudga yo‘l ochilardi, deyishgan. Men ularga ‘meni Gollivudga yo‘l emas, oila a’zolarim, urug‘-aymog‘im ko‘proq qiziqtiradi’, deganman
», — deydi Sitora Farmonova.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sitora Farmonova: "Uyatsiz serialda suratga tushishim uchun menga 700 ming dollar taklif qilishgan"