Foto: Instagram/@ozodaofficial
Xonanda Ozoda Nursaidova o‘n uch yillik tanaffusdan so‘ng «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim qilmoqda. Bu haqda xonanda «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.
- ‘Xalqlar do‘stligi’ saroyida 8—12 aprel kunlari yakkaxon konsert dasturimni taqdim etmoqdaman. Bundan avvalgi dasturimiz 2006 yilda bo‘lgan edi. Ko‘pchilikda ‘konsert dasturi jonli ijroda bo‘ladimi yoki fonogrammada?’ degan savollar tug‘ilmoqda. Konsert dasturimiz 80 foiz jonli ijroda bo‘ladi.
Konsert dasturining birgina sahnasida fonogrammadan foydalansa ham konsert bannerlariga jonli ijro deb yozish mumkin emas ekan. Shu sababli konsert bannerlariga fonogramma deb yozib qo‘yilgan. Dasturga asosiy tayyorgarlik ishlari yanvar oyidan boshlangan, - deydi Ozoda Nursaidova.
Ma’lumot uchun, Ozoda Nursaidova 2019 yilning 13 oktabr kuni «O‘zbekkonsert»da bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda «O‘zbekkonsert» direktori Odiljon Abduqahhorov Prezident Shavkat Mirziyoyevning san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi, mehribonligi va kechirimliligi bois xonanda Ozoda Saidzoda kechirilgani hamda unga erkin ijod qilish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai