07:20 / 16.02.2020
7 419

BBC «Boburiy malikalar izidan» nomli uch qismli hujjatli-dramatik film suratga oldi (video)

BBC «Boburiy malikalar izidan» nomli uch qismli hujjatli-dramatik film suratga oldi (video)
Yozuvchi Ira Muxoti bilan - Dehli, Hindiston
BBC News O‘zbek xizmati «Boburiy malikalar izidan» nomli uch qismdan iborat hujjatli-dramatik film suratga oldi. Unda boburiylar saltanatida yashab o‘tgan uch malika - Esondavlat begim, Xonzoda va Gulbadan begimlar haqida hikoya qilinadi.

«Kuch-qudrat, mardlik va qahramonlik ko‘pda erkaklarga xos ko‘riladi. Ayollar tomonidan qilingan fidokorlik esa, xoh o‘tmishda bo‘lsin, xoh bugun, o‘zgacharoq talqin topadi va osonlikcha e’tirof etilmaydi.

Maqsad ana shunday parda ortida qolgan, ko‘pda nomlari tarix darsliklaridan tushib qoladigan jafokash ayollarning bugungi avlod uchun ibratli bo‘lgan hayotiga nazar tashlashdir
», deyiladi BBC News O‘zbek xizmati xabarida.

Filmning dastlabki qismi Zahiriddin Muhammad Boburning buvisi Esondavlat begimga bag‘ishlangan. Unda Boburshoh oilasidagi ayollar hayotining ochilmagan qirralariga e’tibor qaratilgan.

Yana bir e’tiborli jihati — O‘zbekiston, Hindiston va Afg‘onistonda suratga olingan ushbu filmda ishtirok etgan mutaxassislar hamda suhbatdoshlar xotin-qizlardir.

Eson Davlat Begim, rassom Isomiddin Eshonqulov
Filmda shoh va shoir, G‘arbda Hindistondagi Mo‘g‘ullar saltanati asoschisi deb tanilgan Zahiriddin Muhammad Bobur oilasidagi ayollar hayotining ochilmagan qirralariga e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston, Hindiston va Afg‘onistonda suratga olingan ushbu film qahramonlari kabi unda ishtirok qilgan mutaxassislar hamda suhbatdoshlar xotin-qizlardir.

Unda Boburning "Boburnoma" asari hamda uning qizi Gulbadan Begimning - "Humoyunnoma"sidan parchalar jonlantiradi. Liboslar ham aynan o‘sha davr ruhini berish uchun tanlangan.

Film muallifi, BBC News O‘zbek jurnalisti Gulsevar Zamon Bobur Shoh oilasi uch avlodi vakillari bo‘lgan ayollar tarixini o‘rgandi.

Bular Boburning ona tomondan buvisi Eson Davlat begim, opasi Xonzoda begim va qizi Gulbadan begimlardir. Gulsevar o‘z izlanishlari davomida O‘zbekistonda adabiyotshunos olimalar Burobiya Rajabova, Karomat Mullaxo‘jayeva, Hindistonda esa, yozuvchi Ira Muxoti bilan suhbatlashadi. Ira Muxoti "Quyosh qizlari: Mo‘g‘ullar imperiyasining qirolichalari, malikalari va begimlari" kitobi muallifidir. Gulsevar suhbatdoshlaridan bir zamonlar o‘ta qudratli bo‘lgan sulola malikalari nima uchun tarix kitoblaridan loyiq o‘rin egallamagani haqida so‘raydi.

Ayni loyiha rahbari BBC News O‘zbek muharriri Dilorom Ibrohimova: " Boburiy malikalar izidan" hujjatli filmida biz tarix sahifalaridan o‘chib ketgan ayollarni qayta tiklashga harakat qildik. 500 yil avval ular obro‘li va taniqli liderlar o‘laroq qudratli sulolaning markazida turishgan, biz ularning tarixini hikoya qilar ekanmiz, o‘z zamonasida bu kuchli ayollar erkaklar tomonidan qanchalar hurmat va e’zozga loyiq bo‘lishganidan hayratga tushdik. Bu qudratli ayollarning tarixini bugungi yosh avlodga yetkazib bermoqchi bo‘ldik. Biz tariximizdagi shijoatli ayollar merosini bugun Markaziy Osiyodagi xotin-qizlarning intilishlari, orzu va umidlari bilan bog‘lashga harakat qildik", deydi.

"Boburiy malikalar izidan" filmida O‘zbekiston teatrlari san’atkorlari rol o‘ynashgan: Dilorom Abdualimova (Gulbadan Begim), Rasulxon Qodirxonov (Bobur) va Dilyora Ruzmetova (Xonzoda Begim). Suratlarni o‘zbekistonlik yosh rassom Isomiddin Eshonqulov chizgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » BBC «Boburiy malikalar izidan» nomli uch qismli hujjatli-dramatik film suratga oldi (video)