16:36 / 18.02.2020
8 319

Rossiyalik xonanda Olga Buzova toshkentlik muxlislaridan hayratga tushdi (foto, video)

Rossiyalik xonanda Olga Buzova toshkentlik muxlislaridan hayratga tushdi (foto, video)
Kuni kecha Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida rossiyalik xonanda va teleboshlovchi Olga Buzovaning konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsertdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan fotosuratlar va videolavhalarga ko‘ra, konsert muvaffaqiyatli o‘tgan. Zal tomoshabinlarga to‘la bo‘lgan.

Ma’lumki Buzovaning o‘zi ham instagramda juda faol. U Toshkentga kelgan zamonidan boshlab uni qanday kutib olishgani, nimalar sovg‘a qilishgani va qanday taomlar bilan siylashgani haqida bir necha fotosuratlar joylashtirgan.

Toshkentliklar, siz o‘z muhabbatingiz bilan meni hayratda qoldirdingiz, sizga katta rahmat”, - deb yozgan u o‘zining instagramida.

Eslatib o‘tamiz, bu Olga Buzovaning Toshkentdagi birinchi konserti edi va O‘zbekistonga birinchi tashrifi edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyalik xonanda Olga Buzova toshkentlik muxlislaridan hayratga tushdi (foto, video)