10:53 / 17.02.2015
18 069

Munisa Rizaeva o‘zidan tajribaliroq yigitga turmushga chiqish niyatini bildirdi

Munisa Rizaeva o‘zidan tajribaliroq yigitga turmushga chiqish niyatini bildirdi

Sayyod.com sayti muxbiri qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning shaxsiy hayoti biln qiziqib, undan kichik intervyu oldi. Aktrissa muxbirning savollariga javoban, unga oxirgi marta o‘zidan 6 yosh kichik bo‘lgan yigit tomonidan turmush qurish bo‘yicha taklif bildirilgani, ammo uning o‘zi turmush o‘rtog‘i o‘zidan kattaroq va aqlliroq bo‘lishini xohlashini, lekin hali bir qarorga kelmaganini bildirib o‘tgan.

“Oh, bu qo‘limni so‘rashlar ko‘p bo‘lmoqda. Shu kuni uzuk hadya qilib qo‘limni so‘ragan yigit 1992 yil tug‘ilgan va mendan 6 yosh kichik. Sevib qolibdi. 14-fevral kuni dugonalarim bilan “Bazilik” restoraniga xizmatlardan so‘ng ovqatlangani kelgandik, shaxsan men uchun Valentin bayrami yo‘q. Birdan shu yigit gullar ko‘targanicha kirib kelib, tiz cho‘kib she’r o‘qib, uzuk hadya qildi. Olmayman desam, meni sharmanda qilma deb qo‘ymadi. Mayli, ota-onalar gaplashishar degancha chiqib ketdim. Xullas, nima qilishni bilmay, boshib qotgancha uyga kelib onamga aytdim. Onam esa meni erga berish fikrida. Yigit juda yosh deb onamga e’tiroz bildirdim”, deydi Munisa Rizaeva.

“Yosh bolaku, ertaga ketidan yugurib yuramanmi? Bilmasam…Menimcha, mendan yoshi katta bo‘lgani yaxshidir. Bilmadim, o‘ylayapman hozircha. Qo‘limni so‘rayotganlar ko‘p, tanlayapman”, deb qo‘shimcha qiladi aktrissa.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizaeva o‘zidan tajribaliroq yigitga turmushga chiqish niyatini bildirdi