1. Dorivor o‘tlarning albatta yangi tayyorlanganlarini ishlating. Xom ashyo o‘z foydali xususiyatlarini saqlashi uchun u 12 oy (barglar, gullar, poyasi) yoki 3 yildan (ildizlari) uzoq vaqt ushlanmasligi lozim. O‘simliklarni matodan tikilgan qopchalar, shisha idishlar yoki qog‘oz paketchalarda saqlash zarur.
2. Dorivor o‘simliklardan damlama tayyorlayotganda, undagi yo‘riqnomaga albatta qarang. Uni ko‘p qilib, yoki chamalab solish yaramaydi. Shundagina bu damlamalarning shifobaxsh ta’sirini sezasiz. Ilk bor ichayotgan damlamani iloji boricha boshlanishiga kam miqdorda tatib ko‘ring, organizmning unga bo‘lgan ta’sirini kuzating. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, keyin dozani belgilangan darajagacha ko‘tarish mumkin.
3. Fitochoy va turli giyohli damlamalar ham dori bo‘lib, ularni shunchaki chanqaganda ichiladigan suyuqlik, deb qabul qilmaslik darkor. Shu bois kun davomida uning bir stakandan oshig‘ini ichish ko‘plik qiladi. Darvoqe, giyohlarni bir oydan keyin almashtirgan ma’qul, aks holda organizm unga ko‘nikib, foydali ta’siri ham kamayadi.
4. Giyohning foydali jihatlari kamaymasligining eng maqbul yo‘li bu – qaynoq suv o‘rniga sal issiqrog‘ini solishdir. U bir-ikki soat turgach, foydali ichimlik tayyor bo‘ladi.
Qadimgi tabiblar o‘simliklar, giyohlar yordami bilan davolab bo‘lmaydigan kasallikning o‘zi yo‘q, deb hisoblashgan. Darhaqiqat, giyohlar juda shifobaxshdir. Biroq agar siz uni tayyorlash, iste’mol qilish, saqlashda kerakli shartlarga amal qilsangizgina bundan biron naf bo‘ladi. Aks holda… Lekin undan ham oldin, siz albatta shifokor bilan maslahatlashib olganingiz ma’qul.
Manba: diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi