18:05 / 08.02.2017
9 763

Bemorning qornidan 59 kilogrammlik o‘sma olib tashlandi

Bemorning qornidan 59 kilogrammlik o‘sma olib tashlandi

Amerikalik Rojer Logan 15 yildan buyon qornida o‘sma bilan yashaganligi aniqlandi. Gap shundaki, u vazni og‘ir bo‘lganligi sabab qornidagi shishni ham oriqcha vazn deb o‘ylagan. Oradan ancha yil o‘tib, shifokorga murojaat qilgan Logan aslida qornida bezarar o‘sma borligidan xabar topdi.

Bemor nogironlar aravachasida harakatlanadi. Bunga esa uning tana vazni sababchi. Rojer Logan o‘zini beliga 3 qop sement ortib yurganday his qilishini aytgan. Bundan tashqari, uning yonbosh tarafga aylanishi ham mushkul bo‘lgan.

Kaliforniyadagi shifoxonalardan birida Rojer Loganning o‘smasini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik operasiyasi o‘tkazildi. Amaliyot ijobiy natija bilan yakunlangan, deb yozadi "Qalampir" sayti.

Qorin pardasidan olib tashlangan ulkan o‘smaning og‘irligi 59 kilogrammni tashkil qilgan. Xorij OAVlarida ta’kidlanishicha, bu rekord natija emas. 2014 yilda xitoylik erkakning belidan olib tashlangan zararsiz o‘smaning og‘irligi 110 kilogrammga teng bo‘lgan. Bu operasiyani o‘tkazish uchun 5 litr qon quyilgan va 16 soat sarflangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bemorning qornidan 59 kilogrammlik o‘sma olib tashlandi