21:12 / 01.03.2017
25 614

Gripp, o‘pka, angina, oshqozon, buyrakka "foydali" guruch

Gripp, o‘pka, angina, oshqozon, buyrakka "foydali" guruch

Guruch Sharq xalqlari oshxonasi va dasturxonida non bilan deyarli teng o‘rin va mavqega ega mahsulot. Azal-azaldan guruch nafaqat mazali taomlarning asosi, balki ko‘pgina shifobaxsh xususiyatlarga ega ne’mat sifatida ham qadrlab kelingan, deb yozadi Darakchi nashri. Quyida guruchning ana shu xususiyatlaridan ayrimlari bilan tanishasiz.

1. Guruch tarkibida boshqa istalgan don-dunga nisbatan bir necha barobar ko‘p kraxmal mavjud.

2. Oqsillar, aminokislotalar va vitaminlar ham juda ko‘p. Guruch tarkibidagi inson organizmi uchun zarur moddalar ideal darajada muvozanatlashgan. Masalan, kaliy va natriy 5:1 nisbatda bo‘lib, u organizmdagi kislota-ishqor muvazanatini saqlab turishga yordam beradi.

3. O‘pka uchun foydali, bronxit va bronxial astmani davolashda guruchni dukkakli donlar bilan qo‘shib qaynatib, kunda 3 mahal suvi bilan birga iste’mol qilish kerak.

4. Hazm a’zolariga, xususan, yo‘g‘on ichakka yaxshi ta’sir qiladi. Agar qattiq qaynatib, suvi ichilsa, ichak devorlarini mustahkamlaydi, ich ketishini to‘xtatadi. Sut bilan qo‘shib qaynatilsa, ichaklarni tozalaydi. Guruch qaynatmasidan huqna qilinsa, ichakdagi yaralarga kor qiladi.

5. Angina, gripp va zotiljamda guruchni yalpiz va piyoz qo‘shib qaynatib, suvi ichilsa, isitma tushiruvchi, mikroblarni o‘ldiruvchi va ularni organizmdan chiqarib yuboruvchi vosita vazifasini o‘taydi.

6. Oshqozon va ichaklar yarasi, gastritlarda guruchni sariyog‘ yoki o‘simlik yog‘i qo‘shgan holda qaynatib iste’mol qilish kerak.

7. Yangi tuqqan onalarda guruch qaynatmasi sutni ko‘paytiradi.

8. Guruch qaynatmasi chanqoqni qondiradi.

9. Buyrak va o‘t qopidagi toshlarni tushiradi. Buning uchun ham guruch qaynatmasini tez-tez iste’mol qilib turish kerak.

10. Guruch ko‘p iste’mol qilgan odamning yuz rangi tiniq bo‘ladi. Shuningdek, qovun sharbatiga solib qaynatilgan guruchning suvi bilan sepkillar va boshqa pigment dog‘larni yo‘qotsa bo‘ladi.

11. Og‘izdan kelayotgan badbo‘y hidni yo‘qotadi. Buning uchun xom guruchni chaynash kerak.

12. Jarohatlar, bo‘g‘inlar chiqishi, hasharotlar chaqishida foyda qiladi. Buning uchun guruch unini ozgina sirka bilan qaynatib, jarohatning ustiga kompress qilib qo‘yiladi.

Shifo maqsadlarida usti silliqlanmagan jaydari guruchdan foydalaniladi. Chunki guruch donlarining aynan yuza qismida shifobaxsh moddalarning aksar qismi jamlangan bo‘ladi.



Shifobaxsh reseptlar


Guruchdan tindirma

Osteoxondroz, artrit, revmatizmni davolash uchun: 1 litr sovuq va tindirilgan suvga 4 osh qoshiq guruch, 3 osh qoshiq shakar, 5 dona mayiz qo‘shib, 4 kun davomida tindirib qo‘yiladi. Dokadan suzib olinadi. Nahorga va tungi uyqudan oldin och qoringa yarim stakandan ichiladi. Davolash muddati: 2-3 oy. Tayyor tindirma muzlatkichda saqlanadi.

Shifobaxsh bo‘tqa

Guruchdan tayyorlangan bo‘tqalar kamquvvatlikda yaxshi yordam beradi, ammo guruchning usti silliqlanmagan, jaydarisini tanlash kerak. 1 stakan guruchga 0,3 stakan bug‘doy kepagini qahvamaydalagichdan o‘tkazib qo‘shib yuborish va shu aralashmadan bo‘tqa yoki shirguruch tayyorlash kerak. Bu ferment va makroelementlarga, vitaminlarga boy taom hisoblanadi.

Xom guruch

Organizmdan xiltlarni (xolesterin, ikkilamchi yog‘ kislotalari, turli parazitlar, o‘tni) chiqarib yuborishda qo‘llanilgan. Bir necha kun davomida har kuni nonushtaga 1-2 osh qoshiq xom guruchni yaxshilab chaynab esangiz, tanangizni turli zararli moddalar tark etayotganini o‘zingiz ham sezasiz. Ammo bu davo chorasi gastritda, oshqozon-ichak yaralarida, ich qotishida tavsiya etilmaydi. Shuningdek, guruchni kamida 50-100 marta chaynab, keyin yutishni ham unutmang.

Yumshoq guruch

Guruchni ko‘p miqdordagi suvda past olovda 5-8 soat davomida qaynatib, juda yumshoq va shifobaxsh vositaga aylantirish mumkin. Buning uchun 10 stakan suvga 1 stakan guruch solinadi. U parhez taom sifatida organizmga tiklovchi va quvvat beruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Guruchli krem

Guruchni 1,5 soat davomida qaynatib, yuzidagi quyqasi olinadi. Jaydari guruchdan olingan bunday krem yutishga qiynaladigan, qizilo‘ngach, oshqozon kasalliklariga chalingan bemorlarga va uzoq muddat och yurganlarga tavsiya etiladi. Ko‘pgina onkologik bemorlar bunday kremni jon deb iste’mol qiladilar va ularga quvvat qaytadi.

Kosmetologiyada

Guruchdan tayyorlangan krem terining tonusini oshirib, taranglashtiradi, oziqlantiradi va mayda ajinlarni yo‘qotadi. Buning uchun ozgina qovurib olingan guruchni 1:4 nisbatdagi suvga solib, past olovda uzoq vaqt qaynatish kerak. Keyin dokadan suzib olinadi, hosil bo‘lgan krem tozalangan yuzga yarim soatga surtib qo‘yiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Gripp, o‘pka, angina, oshqozon, buyrakka "foydali" guruch